Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali


Issiqlik almashinish jarayonlari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/9
tarix05.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#108077
1   2   3   4   5   6   7   8   9
NAZARIY

Issiqlik almashinish jarayonlari. Har xil temperaturaga ega bulgan jismlarda issiklik energiyasining biridan ikkinchisiga o’tishi issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi. Issik va sovuk jismlarning temperaturalari urtasidagi farq issiqlik almashinishning xarakatlantiruvchi kuchi xisoblanadi. Temperaturalar farqi bulganda, termodinamikaning ikkinchi konuniga kura issiqlik energiyasi temperaturasi yukori bulgan jismdan temperaturasi past bulgan jismga uz-uzidan utadi. Jismlar urtasidagi issiqlik almashinishi erkin elektron, atom va molekulalarning uzaro energiya almashinishi xisobiga sodir buladi. Issiklik almashinish jarayonida qatnashadigan jismlar issiqlik tashuvchilar deb ataladi. Issiqlik utkazish- issiqlik energiyasining tarqalish qonuniyatlarini urganuvchi fandir. Issiqlik o’tkazish jarayonlari (isitish, sovutish, bug’larni kondensatsiyalash, bug’latish) kimyo sanoatida keng tarkalgan. Issiqlik uch xil yul bilan tarqalishi mumkin: issiqlik o’tkazuvchanlik, konvektsiya va issiqlikning nurlanishi. Uzaro tegib turgan zarrachalarning tartibsiz xarakati natijasida issiqlikning tarqalish xodisasiga issiqlik utkazuvchanlik deyiladi. Qattiq jismlarda va gaz yoki suyukliklarning yupqa qatlamlarida issiqlik asosan ushbu usulda tarqaladi.
Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovitish, kondensatsiyalash, bugʼlanish va bugʼlatishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun moʼljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb ataladi. Maʼlumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muhitlar ishtirok etadi. Oʼz issiqlik energiyasini uzatuvchi, yuqori temperaturali muhit - issiqlik eltkich deb atalsa, issiqlik energiyasi qabul qiluvchi past temperaturali muhit esa-sovuqlik eltkich deb ataladi. Issiqlik va sovuqlik eltkichlar kimyoviy bardoshli boʼlishi, qurilmalarini yemirmasligi va uning devorlarida qattiq, g’ovak, kuyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik eltkichlarni tanlashda jarayon temperaturasi, narxi va ularni qoʼllanish kabi koʼrsatkichlarga katta ahamiyat berish kerak.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin