Toshkent kimyo texnologiya instituti sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi bitiruv oldi amaliyot


Qonun va me’yoriy-huquqiy asoslar



Yüklə 300,63 Kb.
səhifə3/4
tarix20.09.2023
ölçüsü300,63 Kb.
#145679
1   2   3   4
AMINOV

Qonun va me’yoriy-huquqiy asoslar
O’zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to‘g‘risida"gi qonuni
O'zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi qonuni
"Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi PF-6240-sonli qarori 
"O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi PQ-5133-sonli qarori
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi 348-sonli “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktyabrdagi 342-sonli “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O'‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori
«O’zstandart» agentligida standartlashtirish bo’yicha normativ hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”. (Qayd AV 11.11.2004 y. № 1422)

Standartlashtirish tizimi
O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O’zstandart» agentligi);
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruktsiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida - O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.
«O’zstandart» agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O’zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar.
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
tashkilotning standartlari;
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Davlat yagona uzluksiz ta’lim tizimida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi.
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi «O’zstandart» agentligi tomonidan belgilanadi.
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‘llash tartibini «O’zstandart» agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida belgilaydilar.
Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlar «O’zstandart» agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. «O’zstandart» agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik faoliyati sub’ektlari rioya etishi uchun majburiydir.
Import mahsulot, basharti u O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini «O’zstandart» agentligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Mahsulot va texnologiyalarning ma’lum bir turlari yoki faoliyati turlarini standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek kursatilgan obektlar yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasida 31 ta Texnikaviy qo‘mitasi (TQ) mavjud.




Eksport qiluvchiga yordam


Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi "Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 122-sonli qaroriga asosan ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida "O’zstandart" agentligida Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi (keyinchalik - Byuro) tashkil etildi.
Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi» DK tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bittadan vakilga ega (Toshkent viloyatidan tashqari).
Byuro o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «O’zstandart» agentligining qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Byuroning vazifalari, funktsiyalari va huquqlari
Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatish;

  • ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha zarur axborotlar olish uchun axborot-maslahat yordami ko‘rsatish;

  • standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha doimiy yangilab turiladigan ma’lumotnomani ishlab chiqish va joriy etish, keyinchalik uni «O’zstandart» agentligining Internet tarmog‘idagi saytiga joylashtirish.

  • Byuro o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

  • eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan tushgan masalalarni o‘rganadi va ularga zarur axborotlar taqdim etadi;

  • mahsulot eksporti masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va «O’zstandart» agentligiga taqdim etadi;

  • mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritishga doir mavjud muammolarni tahlil qiladi va ularni hal etish yuzasidan «O’zstandart» agentligiga takliflar kiritadi;

  • mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha dasturlar va tadbirlar tayyorlashda qatnashadi;

Byuro "O’zstandart" agentligi hamda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, agentlikka qarashli binoda joylashgan va manzili quyidagicha: Toshkent shahri 100049, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi 333 "A".

Yüklə 300,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin