xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan budjet
mablag‘larini oluvchilar;
davlat maqsadli jamg‘armalari;
b) korporativ buyurtmachilar:
davlat korxonalari;
ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar;
ustav fondining 50 foiziga va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega
yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan amal qiladi.
Mazkur Nizom talablari ushbu bandning
“a”
va
“b”
kichik
bandlarida
nazarda
tutilgandan
tashqari
boshqa
manbalar
hisobiga
moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari uchun buyurtmachi xizmatini tashkil
etishda qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu bandning
“a”
va
“b”
kichik bandlarida
nazarda tutilgan manbalar
hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda qurilish ishlarini amalga oshirishda
buyurtmachi xizmatini jalb qilish majburiy hisoblanadi.
2. Buyurtmachi xizmati obyektni ta’mirlab, rekonstruksiya qilib yoki qurib
foydalanishga tayyor holda topshirishni ta’minlaydi.
3. Buyurtmachi xizmati tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘z
vakolatiga
kiruvchi masalalar bo‘yicha investitsiya jarayoni qatnashchilari ishini
muvofiqlashtiradi.
4.
Buyurtmachi
xizmati
o‘z
faoliyatida
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
va qonunlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga,
boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
5. Buyurtmachi xizmati yuridik shaxs hisoblanib, qonunchilikka muvofiq
o‘z mustaqil balansiga, bank hisobraqamiga, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga
(davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar O‘zbekiston
Respublikasi Davlat
gerbi tasviri tushirilgan), belgilangan namunadagi shtamplar va blankalarga ega
bo‘ladi.
Buyurtmachi xizmati budjet tashkiloti hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: