rasmiylashtirish va talab qilinadigan huj-jatlar va ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiyligi kabi korxonadagi ichki tartibga rioya qilinishi, yuqorida ko’r-satilgan hisob, hisobot va moliyaviy nazorat masalalariga doir bosh buxgalter farmoyishi va ko’rsatmalarining bajarilmaganligi yoki buzilganligi uchun aybdor xodimlarga nisbatan audit o’tkazilayotgan korxona rahbariyati tomonidan xayfsan yoki mukofotdan (to’liq yoki qisman) mahrum etish choralarining qo’llanilishi; buxgalteriya xodimlari bilan boshqa bo’linmalar o’rtasida o’zaro munosabatlarining to’g’ri yo’lga qo’yilganligi, bosh buxgalter boshqa bo’linmalar rahbarlari bilan hamkorlikda audit o’tkazilayotgan korxona moliyaviy xo’jalik hisobi, hisobo-ti ma’lumotlariga asosan tahlil qilishi;
balansning asosiy materiallar, pul mablag’lari va hisob-kitob moddalarini inventarizatsiya qilish; buxgalteriya hisobotlari va balanslari to’g’risidagi Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya qilinishi; o’tkazil-gan inventarizatsiya va uning sifati qandayligi, inventarizatsiya natijasida barcha balans moddalari haqqoniy-ligining ta’minlanganligi;
buxgalterlik hisobi va nazoratning tashkil etilishi pul mablag’lari va material qiymatliklar kamomadi, etishmovchiligi va noqonuniy sarflanishi va boshqa kamchilik hamda suiste’mol qilishlarning oldini olishni ta’minlashi, dastlabki hujjatlarni sifatli rasmiylashtirish va ularning ishonarliligi ustidan puxta nazorat o’rna-tish; xo’jalik muomalalarini, pul mablag’lari va mulklar, material qiymatliklar mavjudligi va saqlanishini davriy inventarizatsiyasi va to’satdan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari va shu kabilar;
tuzilgan davriy va yillik hisobotlar ma’lumotlarining buxgalterlik va statistik