ishlarining natijalarini umumlashtirib, eng avvalo, ularning ishonchliligini baholash zarur. Bunda qarzlarning yozma va og’zaki shaklda tasdiqlangan miqdori va ahamiyatliligi baholanadi. Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish qabul qilingan. Yozma tasdiqlarning ishonchliligi ularning to’g’ri rasmiylashtirilishiga bog’liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib, tasdiqlangan va tasdiqlanmagan summalarning
katta-kichikligi, shuningdek majburiyatlarning ishonchliligi to’g’risida auditor fikrini shakllantirish uchun olingan dalillar etarliligi baholanadi; Debitor va kreditor qarzlar analitik hisobi ma’lumotlarining tengligini tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tekshirib chiqish yoki debitor va kreditor qarzlar tasdig’ini olish munosabati bilan auditorlar hisob-kitoblarni hisobga oladigan analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi, hamda ularni Bosh daftar ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Hisob- kitob muomalalari hisobga olinadigan schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin: * mol etkazib beruvchilar schyotlari bo’yicha debet qoldiqlar; * mansabdor shaxslar, direktorlar, raislar, sho’’ba va tobe korxonalarga va boshqa o’zaro bog’liq tomonlardan qarzlar summalari; * mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir haddan tashqari katta tuzatishlar; * da’vo muddati o’tib ketgan yoki o’tayotgan to’lanmay qolgan schyot- fakturalar. Barcha belgi qo’yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning natijalarini boshqa olingan dalillar bilan