Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasijoriy bahosi
|
joriy bahosi $1,00 yoki yuqoriroq bo’lsa, muhim bo’lgan taqdirda faqatgina
shartnomaning havolasida keltiriladi. Shunga qaramasdan, agar junning narxi $1,00 dan past bo’lsa, zarar 2007-yil 31-dekabrda rasmiy tan olinadi. Masalan, junning joriy bozor narxi har bir pound uchun $0,75 bo’lsa, mijoz yil yakunida $250000 zararni tan oladi. (1000000 pound * $0,25 ) 10.5.Moliyaviy hisobotlar auditida kelgusi tadbirlarni ko’rib chiqish. Ba’zida hodisa yoki bitimlar balans ro’yxati sanasidan keyin sodir bo’ladi, lekin ular moliyaviy hisobotlarga ta’sir ko’rsatadi. Bunday hodisa yoki kelishuvlar kelgusi tadbirlarni anglatadi va moliyaviy hisobotlarda o’zgartirish kiritish yoki havolada keltirish talab qilinadi. Ikki turdagi kelgusi tadbirlar menejment mulohazalarini va auditor hisoblarini talab qiladi: I tur: Balans varaqasidagi sanada mavjud holat haqida qo’shimcha dalil beradigan va moliyaviy hisobot tayyorlash jarayonidagi baholashga ta’sir ko’rsatadigan tadbirlar II tur: Balans varaqasidagi sanada mavjud bo’lmagan holat haqida qo’shimcha dalil beradigan, lekin o’sha sanadan keyin paydo bo’ladigan tadbirlar. II turdagi tadbirlar odatda moliyaviy hisobotlarda qayd etilishi talab qilinadi. Ba’zi misollarda voqea yoki kelishuv juda sezilarli ta’sir ko’rsatadi, moliyaviy hisobotlarning notog’ri fikr hosil qilishini oldini olish maqsadida moliyaviy hisobotlarning o’rnini bosuvchi shakllardan foydalaniladi. I turdagi voqea yoki hodisalarga misollar: Balans varaqasi sanasidan keyingi bankrotlikka olib keluvchi xaridorning moliyaviy holatining keskinlashuvi davom etishi natijasida qabul qilingan yig’ib Yüklə 6,59 Mb. Dostları ilə paylaş: |