shuningdek, avloddan-avlodga o’tkazishda unga tegishli maxsus huquqqa asoslanadi. Mualliflik huquqi fan, adabiyot yoki san’at asarlarining yaratilishi bilan vujudga keladi va uni himoyalash sud orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, sanoat, intellektual mulklar auditining boshqa aktivlar auditidan farq qiluvchi tavsiflovchi xususiyatlari ob’ektlarni ekspertiza qilish va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni tahlil qilishdan iboratdir. Shuning uchun ushbu ob’ektlar auditida bu ob’ektlarga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni texnik tahlil qilish zarur. Buning uchun sanoat va intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanishni yuridik rasmiylashtirish va huquqiy muhofaza qilish sohasida ishlaydigan, patent bilan ishonch bildirilgan mutaxassislarni konsul’tant sifatida jalb etish kerak. Avval aytib o’tilganidek, bulardan tashqari, nomoddiy aktivlarga er uchastkalari va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlari uchun qilingan uzoq muddatli xarajatlar va firmaning amaliy shuhrati (mavqeyi) kiradi. Er uchastkalari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari ular egalarining tegishli ravishda xo’jalik faoliyati uchun yoki boshqa maqsadda foydalanishga alohida huquqqa egaligini nazarda tutadi. Shuni nazarda tutish kerakki, erdan foydalanish huquqiga egalik mazkur er uchastkasining mulk qilib olinishini bildirmaydi. Korxona ushbu erdan sotish huquqiga ega bo’lmasdan foydalanishi mumkin. Ilmiy tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlanmalari u yoki bu muayyan amaliy maqsad yoki qo’llash sohasiga tegishli bo’lmasdan butkul bilimlarni oshirishga ko’maklashadigan, asosan ilmiy - tadqiqotlar natijasida olingan bilimlardan foydalanish uchun yo’naltirilgan amaliy tadqiqotlar: muayyan buyumlar yoki jarayonlar sifatini