Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


korxonaning moliyaviy qo’yilmalari, qarz shartnomalarini rasmiylashtirishga ruxsat



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə418/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

 korxonaning moliyaviy qo’yilmalari, qarz shartnomalarini rasmiylashtirishga ruxsat 
etilgan shaxslar ro’yxati; moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish uchun korxona tomonidan 
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari
Buxgalteriya hisobining yagona jurnal-order shaklidan foydalanadigan korxonalarda 
jurnal-orderlar qo’llanilib, ularda hisobga qabul qilingan dastlabki hujjatlardagi axborotlar 
to’planadi va muomalalar aks ettiriladi.
Moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olishda kompyuter dasturlaridan foydalanilganda 
schyotlar bo’yicha debet va kredit oborotlarining bosmadan chiqarilgan yozma nusxasining 
ma’lumoti tuziladi.
Moliyaviy qo’yilmalarning analitik hisob registri sifatida «Qimmatli qog’ozlarni hisobga 
olish daftari» tavsiya etiladi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha muomalalar quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi: 
ta’sis shartnomasi (boshqa korxonalar ustav kapitaliga investitsiyalar qilishda), qimmatli 
qog’ozlar oldi-sotti shartnomasi, qarz shartnomasi, depozit jamg’arma uchun shartnoma
qimmatli qog’ozlarni garovga qo’yish shartnomasi, oddiy shirkat shartnomasi 
(hamkorlikdagi faoliyat shartnomasi) va boshqalar. Auditor ushbu ko’rsatilgan shartnomalar 
qoidalarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq muomalalarni tartibga soladigan boshqa 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelishini tekshirishi lozim.
Moliyaviy qo’yilmalar auditida ma’lumot manbasi sifatida foydalaniladigan dastlabki 
hujjatlarga quyidagilar kiradi: qimmatli qog’ozlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
hamkorlikdagi faoliyatga qo’shiladigan ulushni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, 
umumiy ishni yurituvchi hamkor tomonidan mulklarni qabul qilish to’g’risidagi avizo, pul 
shaklidagi ulushlarni o’tkazish to’g’risidagi to’lov-topshiriqnomasi va bank ko’chirmasi 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin