«O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AUDITORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY
ASOSLARI» MAVZUSI BO’YICHA TARQATMA MATERIALLAR
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog’onasida
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri)
turadi. Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi qaroriga
muvofiq qabul qilingan bo’lib, 29 moddadan iborat.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish
maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog’onasiga
kiritish mumkin. Jumladan, 22 sentyabr 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
365-sonli
«Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik
tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qaror qabul qilindi.
Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa
nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to’g’risidagi Nizom», «Majburiy auditorlik
tekshiruvi o’tkazishdan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima
undirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risidagi Nizom» tasdiqlangan.
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish auditorlik tashkiloti tomonidan amalga
oshiriladigan mikrofirmalarning moliya xo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat
organlari tomonidan tegishli auditorlik tashkiloti albatta jalb qilingan holda tekshiriladi.
Bunda moliyaviy hisobotning to’g’riligi uchun auditorlik tashkiloti javob beradi.
Qarorning 3-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi auditorlik
faoliyatini litsenziyalash maxsus vakolatli davlat organi etib tasdiqlangan va unga quyidagi
funktsiyalar yuklatilgan:
Auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori eng kam oylik ish haqining
kamida 1500 dan 5000 baravari miqdorida belgilangan. Bunda yangidan tashkil etiladigan
auditorlik tashkilotlari davlat rqyxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida
ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan sarmoyasini shakllantirishlari zarur
.
Ularga rioya
qilinganda auditorlik
tekshiruvlarining
yuqori sifatli bo’lishi
ta’minlanadi
Auditorlik
amaliyotiga yangi
ilmiy yutuqlarni joriy
qilishga
yordam
beradi
Muayyan vaziyatlarda
auditorlar qanday ish
tutishlarini belgilab
beradi
Auditorlik standartlarining
ahamiyati
I – pog’ona
O’zbekiston
Respublikasi
qonuni
«Auditorlik faoliyati to’g’risida» (yangi
tahriri) (26. 05. 2000 y qabul qilingan)
O’z. Res. VM qarorlari: «Auditorlik
faoliyatini
takomillashtirish
va
auditorlik
tekshirishlarning
rolini
oshirish to’g’risida» (№365 22. 09. 2000
y) va boshqalar
II – pog’ona
Auditorlik
faoliyatining
milliy
standartlari
(AFMS),
auditorlik
tekshiruvi
o’tkazishga doir uslubiy
ko’rsatmalar,
tavsiyanomalar
va
boshqalar
III – pog’ona
Auditorlik
tashkilotining
doimiy
hujjatlar to’plami, auditorlik tekshiruvi
o’tkazish rejasi va dasturi, ekspertiza
hujjatlari va boshqalar
O’z
b
ek
iston
Aud
itor
lar P
alatasi
O’z
b
ek
iston
Re
sp
u
b
lik
asi B
u
xgalte
rlar
Va A
u
d
itor
lar M
il
li
y Assot
siatsi
yasi
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi va
uning elementlari
Moliya Vazirligining auditorlik faoliyatini tartibga solish bo’yicha
funktsiyalari
Uz vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy
hujjatlarni, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini
ishlab chiqish va tasdiqlash
Auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga
rioya qilinishini nazorat qilish
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda
auditorlar malaka sertifikatini olish uchun o’qitish dasturlarini va
malaka imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning,
auditorlar malaka sertifikatining amal qilishini to’xtatib turish,
to’xtatish va bekor qilish
Malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar reestrini va auditorlik
faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo’lgan
auditorlik tashkilotlari hisobini yuritish.