auditor quyidagilarni aniqlaydi:
*
qarzlarni qoplash bo’yicha muomalalarning tegishli to’lov hujjatlari (bank
ko’chirmalari va to’lov topshirig’i, o’zaro talablarni hisobga olish dalolatnomalari, cheklar va
shunga o’xshash) bilan tasdiqlanganligi;
*
to’lov hujjatlarining haqiqiyligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi (barcha majburiy
rekvizitlarining mavjudligi, QQS summasining alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganligi,
bank shtampasi, chet tildagi hujjatlarning tasdiqlangan tarjimasi va shunga o’xshash);
*
to’lov hujjatlari ma’lumotlarining 3110 - «Oldindan to’langan ijara haqi», 3120-
«Oldindan to’langan xizmat haqi», 3190-«Boshqa oldindan to’langan xarajatlar», 4310-«Mol
etkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar», 6010-«Mol etkazib beruvchilar va
pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi), 7010-«Mol etkazib beruvchilar va
pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyotlari bo’yicha hisob
registrlarining ma’lumotlariga mosligi; ushbu schyotlar bo’yicha hisob registrlari
ma’lumotlarining 5110, 5210, 5220, 4310, 4010, 4020, 6310, 4220, 4230, 6870, 4810-4890, 6810,
6820, 6830 va 6890 schyotlar bo’yicha hisob registrlariga mosligi.
Qarzdorliklarning o’zaro hisoblashish tartibida qoplanishini tekshirish
natijasida, auditor o’zaro hisob-kitoblar uchun asos (shartnoma, tomonlardan birortasining
o’zaro hisob-kitoblar tartibidagi to’lovni amalga oshirish to’g’risidagi iltimosnomasi)
mavjudligini, qarz summasi va qoplash sanasini, hamda hisob registrlarida aks ettirishning
to’g’riligini aniqlaydi.
O’zaro talablarni hisobga olish, hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi va
Dostları ilə paylaş: |