(aniqlik);
Ulushlar va dividendlar bo’yicha barcha bitimlarning tasdiqlovchi hujjatlari mavjudligi (ruxsat etilganligi);
Barcha ulush va dividendlar talab darajasida baholanganligi (baholash). Ulushlar va dividendlar bo’yicha bitimlarning kelib chiqishi . Korxonadagi xodimlardan biri, masalan, korporativ kotib yoki yuristkonsultant ulushlar va dividendlar bo’yicha amalga oshirilayotgan har bir bitim ustavda nazarda tutilganligi hamda qonuniyligini nazorat qilishi va tasdiqlashi lozim. Shuningdek, ushbu xodim har bir aktsiyadorning ism sharifi va unga tegishli aktsiyalar miqdorini o’zida jamlagan buxgalteriya kitobini yuritishi maqsadga muvofiq. Aniqlik . Bu tasdiqnomaga erishish uchun aktsiyadorlarning aktsiyalar miqdori, umumiy hisoblangan va to’langan dividendlar bo’yicha taqdim etilgan hisobotlardan qoniqish hosil qilganliklari yoki e’tirozlari mavjudligini o’rganish kerak. Ruxsat etilganlik . Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalar va dividendlar bo’yicha bitimlar direktorlar kengashi davomida ma’qullanib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Auditor ushbu hujjatlarni o’rganib chiqishi kerak bo’ladi. Baholash . Chiqarilgan, so’ndirilgan aktsiyalar, hisoblangan dividendlar me’yoriy huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi kerak. Auditor bunday hollarda hisob kitoblarni qaytadan mustaqil amalga oshirishiva har ikala summalarni solishtirishi mumkin. Agar korxonada xodimlar soni etarlicha bo’lsa mas’uliyatlar quyidagicha taqsimlanishi maqsadga muvofiq:
E’lon qilingan aktsiya va dividendlarning tasdiqlovchi hujjatlarini tayyorlovchi xodimlar buxgalteriya ishida mas’ul bo’lmasliklari kerak;