Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


a) ichki nazorat muolajalari samaradorligi monitoringi (buxgalteriya hisobi va ichki



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə588/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   584   585   586   587   588   589   590   591   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

a) ichki nazorat muolajalari samaradorligi monitoringi (buxgalteriya hisobi va ichki 
nazorat tizimini o’rnatish rahbariyatning vazifasi hisoblanadi, ichki audit xizmati esa ushbu 
tizimlarni tekshirish, samaradorligi monitoringni amalga oshiradi, hamda ushbu tizimlarni 
takomillashtirish bo’yicha takliflar beradi); 


b) boshqaruv va moliyaviy ma’lumotlarni tekshirish (hisobot tayyorlash uchun 
ma’lumotlarni tasniflash, tekshirish, hamda buxgalteriya hisobi schetlari qoldiqlari hamda 
boshqa alohida bo’limlar bo’yicha maxsus so’rovlarni amalga oshirish); 
v) samaradorlik, natijaviylik va iqtisod qilishni nazoratlash, shu jumladan, korxona
nomoliyaviy vositalari nazorati; 
g) respublika qonunchiligi, me’yoriy hujjatlar va boshqa talablarga rioya qilishni 
nazoratlash hamda siyosiy, direktiv va rahbariyatning boshqa ichki talablariga rioya qilishni 
nazorat qilish. 
 
Ichki audit xizmatining roli korxonaning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi. Ichki 
audit xizmati korxonaning tashkiliy tuzilmasining bir bo’limi hisoblanadi. Ichki audit 
faoliyati o’zining ob’ektivligi va mustaqilligiga qaramay, tashqi auditdan moliyaviy 
(buxgalteriya) hisobotni ishonchliligini taqdim etishdagi mustaqillik darajasida emas. Tashqi 
audit faqat auditorlik xulosasi uchun javobgardir, lekin bu javobgarlik hisobot tayyorlashda 
ichki audit ma’lumotlaridan foydalanganlik uchun kamaymaydi. Barcha moliyaviy hisobot 
bo’yicha mulohaza va fikrlar tashqi auditor tomonidan qabul qilanadi. 
 
16.3. Ichki auditorni sertifikatlash tartibi 
Ichki auditor sertifikati – ichki audit xizmatida faoliyat olib borish uchun ichki auditorning 
professional malakasini tasdiqlovchi hujjat (bundan keyingi o’rinlarda sertifikat deb yuritiladi). 
Sertifikat da’vogar tomonidan malaka imtihoni (bundan keyingi o’rinlarda imtihon deb 
yuritiladi) muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda, auditorlarning respublika professional jamoat 
birlashmalari (bundan keyingi o’rinlarda auditorlarning jamoat birlashmalari deb yuritiladi) 
tomonidan besh yil muddatga beriladi. 
Sertifikat egasi sertifikat olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili malaka oshirish 
kurslaridan o’tishi shart. 
Imtihon o’tkazuvchi komissiya (bundan keyingi o’rinlarda komissiya deb yuritiladi) tarkibiga 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlarning jamoat birlashmalari vakillari
zaruriyat bo’lganda, buxgalteriya hisobi, audit, soliq solish va xo’jalik huquqi sohalarining etakchi 
mutaxassislari kiritiladi. 
Komissiya auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi bilan kelishilgan holda kamida beshta a’zodan, shu jumladan komissiya raisidan iborat 
tarkibda tuziladi. 
Sertifikat olish, amal qilishini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek uning dublikatini 
berish haqidagi arizani ko’rib chiqish uchun da’vogar (sertifikat egasi) tomonidan belgilangan 
miqdorlarda yig’im to’lanadi. Yig’im auditorlarning jamoat birlashmalari hisob raqamiga 
o’tkaziladi va imtihonlarni tashkil qilish va o’tkazish, sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog’liq 
xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi. Yig’im to’lash uchun bank rekvizitlari to’g’risidagi 
ma’lumotlar auditorlarning jamoat birlashmalari veb-saytlariga joylashtiriladi
.
Auditorlarning jamoat birlashmalari huzuridagi auditorlarni tayyorlash markazlari – 
auditorlarni o’qitish va malakasini oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan, faqat auditorlarning 
jamoat birlashmalari tomonidan ta’sis etiladigan nodavlat ta’lim muassasasi (bundan keyingi 
o’rinlarda o’quv markazlari deb yuritiladi). 
O’quv markazlari: 
auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
birgalikda tasdiqlangan ichki auditorlarni tayyorlash dasturi (bundan keyingi o’rinlarda tayyorlov 
dasturi deb yuritiladi) bo’yicha 80 soatli maxsus o’quv kurslarni hamda ichki auditorlar uchun 
malaka oshirish dasturi bo’yicha 20 soatli kurslarni tashkil etadi
sertifikat blankasiga sertifikat egasining har yili malaka oshirish kursini o’taganligini 
tasdiqlovchi yozuv kiritadi; 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda, keyingi oyning 10-sanasidan 
kechiqtirmay sertifikat egasining malaka oshirish kursini o’taganligi to’g’risida axborot taqdim 
etadi. 


Auditorlarning jamoat birlashmalari: 
imtihon o’tkazishni tashkil qiladi, shuningdek o’zlarining veb-saytlariga imtihon o’tkazish 
sanasi, vaqti va joyi to’g’risidagi axborotni joylashtiradi

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   584   585   586   587   588   589   590   591   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin