Bu holat, ya’ni nazoratni bir kishiga yuklash, o’z faoliyatini suiste’mol qilish yoki boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. 4. Boshqaruvning aralashuvi. Ichki nazorat tizimining faoliyati haqqoniyliksiz samarali bo’lmaydi, bu holatda boshqaruvning aralashuvi foydali bo’ladi. 5. Ichki nazorat sub’ektlarining insofliligi va to’g’riligi. Agar ichki nazorat faoliyatni olib boruvchi shaxslar bu kabi xislatlarni o’zida jam qilmas ekan, ideal darajada tashkil etilgan ichki nazorat tizim faoliyati ham samarali bo’lmaydi. 6. Ichki nazorat tizimi metodologiyasining maqbulligi. Tekshiruv maqsadi va vazifasi va oqilona bo’lishi lozim. Nazorat funktsiyasining taqsimlanishi, ichki nazorat tizimi va qo’llaniladigan metodlar maqsadga muvofiq bo’lishi kerak. 7. Nufuz. E’tiborga loyiq bo’lmagan faoliyat ustidan nazorat olib borishning foydasi yo’q va bu kerakli bo’lgan narsalar ustidan nazoratdan chalg’itadi. Qanchalik qiyin bo’lmasin strategik ahamiyatga ega bo’lgan joylarda nazoratni o’rnatish lozim. 8. Optimal markazlashuv. Ichki nazorat dinamiklik, barqarorlik, uzluksizlik talablari asosida tashkil etilganligi bu tashkilot tarkibiy tuzilishini optimal darajada tashkil etilganligini hamda ichki nazorat tizimi tashkilotning hajmi va murakkablik darajasiga javob berishi lozim. Har bir tizimda o’ziga xos kamchiliklar mavjud. Masalan ma’lumotning sekin harakati, qarorni kech qabul qilinishi yoki yuqori va quyi o’rindagilarning e’tiborini bir biriga mos kelmasligi. Har bir variantning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash lozim. 9.