ruxsatidir. Yuqorida qayd etilgan tamoyillarning barchasi bir biriga bog’liqdir, ularning birikishi aniq bir vaziyatdan kelib chiqadi. 16.5. Ichki nazoratning turlari
Ichki nazorat tizimi quyidagi omillar ta’siri ostida bo’ladi:
Boshqaruvning ichki nazoratga bo’lgan munosabati;
Tashkilot faoliyatining ichki sharoitlari, uning hajmi, ko’lami va faoliyat turi;
Uning soni va hududiy jihatdan har xil joylashganligi, uning bir qismli yoki sho’ba korxonalariga ega bo’lishi;
Maqsad va vazifalarining strategik o’rnatilganligi;
Faoliyatning mexanizatsiyalashganligi va kompyuterlashganligi darajasi;
Resurs bilan ta’minlanganligi;
Xodimlar tarkibining bilim darajasi; Ichki nazorat quyidagicha tashkil etilishi mumkin: a) Yillik hisobotni tasdiqlash maqsadida yig’ilgan aktsiyadorlar yig’ilishida saylangan, taftish komissiyasi shaklida; b) Bevosita rahbar buysunuvchi ichki audit bo’limi shaklida c) Nazorat guruxi shaklida d) Inventarizatsiya bo’limi shaklida; e) Ichki audit tekshiruvini o’tkazish uchun audit tashkiloti bilan shartnoma shaklida bo’lishi mumkin. Taftish. Korxonada ichki nazorat tizimini ishlab chiqish jarayoni murakkab va uzoq vaqtni oladi hamda korxonada alohida bo’lim nazorat taftish bo’limi tashkil etilishi zaruriyati tug’iladi, bu holatda nazorat-taftish xizmati xatoliklarni yoki lavozimni suiste’mol qilininshi yuzaga kelishini aniqlaydi. Shuni ta’kidlash joizki, taftish faoliyati amalga oshirib bo’lingan faoliyat ustidan o’tkaziladi. Ichki audit esa korxonaning umumiy istiqbolini ko’ra oladi va