253
−
korxona faoliyatini qonun doirasida yuritish;
−
tijorat sirlarini saqlash va korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
boshqalarga bermaslik;
−
moliya, soliq va bank organlariga buxgalteriya, moliyaviy hisobotlarni o‘z
vaqtida topshirish;
−
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi asosida soliq majburiyatlarni
bajarib borish;
−
boshqa majburiyatlarni, korxona nizomidagi bandlarni to‘la bajarish hamda
bitim va shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarib borish.
Tadbirkor o‘zining vazifalarini bajarish jarayonida korxona faoliyatiga
qasddan moddiy zarar etkazgan taqdirda, belgilangan tartibda keltirilgan zararni
qoplashi lozim.
Biznes va tadbirkorlikning, turli mulkka asoslangan korxonalarning
taraqqiyoti va ulardagi moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish o‘zaro bog‘liq
muammolardandir. Iqtisodiyotning turli mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan
keng foydalanishga o‘tishi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning taraqqiyoti
bilan moliya munosabatlari ham bozor talablari asosida rivojlanishi uchun muhim
turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, moliya munosabatlari korxonalar taraqqiyotini
rag‘batlantirishning muhim dastaklariga egadir. Bu narsa shu bilan bog‘liqki,
korxonalarda mukammal taqsimot tizimining yaratilishi natijasida markazlashgan
va rezerv fondlarining tashkil etilishi orqali kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
imkoniyatlarining yanada mustahkamlanishiga erishish hamda turli soliq
imtiyozlarining qo‘llanilishi asosida korxonalar kelgusi taraqqiyoti uchun qulay
iqtisodiy sharoitlar yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: