Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining WINDOWS kobigi yordamida yaratilgan bo‘lib, dastur prezentasiyalar bilan ishlash (tanishtirish, taqdimotlar qilish) uchun eng qulay dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali xilma-xil turdagi ko‘rgazmali qurollarni yaratish mumkin va ayrim joylarda esa uni ma'lumotlar bazasi sifatida ham qo‘llash mumkin.
Slayd:
ma'lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan mulokot varakalari xisoblanadi. Ularda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi
Power Point dasturini ishga tushirish:
Bu dasturni ishga tushirishni WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi. «Pusk» - «Programmi» - «Microsoft Power oint» (1-rasm) Eslatma: Yuqoridagi buyruqlarni bajarish sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Power Point ishga tushgandan so‘ng ish ko‘rgazma yaratish muloqot darchasi va mavjud prezentasiyalar bilan boshlanadi. Power Point ishga tushirilgan ekranda 2-rasmda ko‘rsatilgan muloqot darchasini ko‘rish mumkin
Power Point dasturi yordamida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar:
Yuqoridagi muloqot darchasi orkali ko‘rgazmalar yaratish turini tanlab olish mumkin bo‘ladi. 2-rasmda kuyidagi 4 ta asosiy bo‘lim berilgan, ularning xar biri xakida to‘xtalib o‘taylik.
• «Avtomundarija ustasi» («Master avtosoderjaniya») – ma'ruzachining ismi, familiyasi, mavzu nomi, ko‘rgazma turi, uslubi, rangli chizmasi kiritilib, bir necha slayddan iborat bo‘lgan tayyor ko‘rgazmani olish mumkin.
• «Takdim etish koliplari» («Shablon prezentasii») – ko‘rgazmani jixozlash turini tanlash va ularda ish olib borish imkonini beradi.
• «Bo‘sh prezentasiya» («Pustuyu prezentasiyu») – mustakil ravishda ko‘rgazma tuzish imkonini beradi.
• «Prezentasiyalarni ochish» («Otkrit' prezentasiyu») – komp'yuter xotirasida diskda mavjud bo‘lgan ko‘rgazmali fayllarni ochish imkonini beradi.
Power Point dasturi menyulari va ular bajaradigan ishlar
Power Point dasturining umumiy ko‘rinishi: Sarlavhalar qatori, gorizontal menyu, uskunalar paneli («standart», «formatlash» va rasmlar bilan ishlash), rejim tugmachalari (slaydlar rejimi, strukturalar rejimi, saralash rejimi, namoyishlar rejimi) va ishchi maydonni o‘z ichiga oladi.