Toshkent moliya instituti bitiruv ishi oldi malakaviy amaliyot h-fayllar.org
BITIRUV MALAKAVIY ISHI OLDI AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o‘tishdan asosiy maqsad talabalarda
“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo'yicha muayyan darajada egallagan
nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitish, talabalarda amaliy ko‘nikmalami
hosil etish nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashdan iboratdir.
Oliy ta'lim muassasalari talabalari nazariy bilimlardan tashqari xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarda (byudjet tashkilotlar, bank muassasalari, soliq inspeksiyalaridan tashqari)
o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaydi hamda amaliyot ishlarini bevosita
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘tkazishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotining asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarining faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan ishlarning tashkil
etilishini hamda talabalar oliy ta'lim muassasasida olgan nazariy bilimlarni amaliyotga
tadbiq etishni o’rganishdan hamda yakuniy kursda tayyorlanadigan bitiruv malakaviy
ishlarga amaliy ma'lumotlar to'plash va ularni tahlil qilishdan iboratdir. Shuningdek,
amaliyot davrida talabalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining umumiy faoliyatida va
jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari lozim.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta'lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27
iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot
sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”
PQ-3151-son hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini
oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda
faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3775-
sonli qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil
30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti haqida”gi Nizom talablariga mos
ravishda ishlab chiqilgan hamda Toshkent moliya instituti kengashi tomonidan
tasdiqlangan dastur asosida bitiruvoldi malakaviy amaliyot tashkil etiladi.
Ushbu amaliyot orqali talabalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida buxgalteriya
hisobini tashkil etilishi va yuritilishi, ularni xujjatlashtirish jarayni hamda auditni
o‘tkazish tartiblari bilan tanishish, moliyaviy hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish
ahamiyati bilan yaqindan tanishib bilimlarini yanada mustahkamlaydilar.
Umuman olganda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti - ta'limning yakuniy
bosqichi hisoblanadigan, talabalar tomonidan nazariy va amaliy o'quv dasturlari
o'zlashtirilgandan so'ng bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo'yicha materiallar
to'plashdan iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti davomida tahlil qilingan moliyaviy
hujjatlar hisobotga ilova qilinishi lozim.