MAVZU:2017 – 2021 YILLARGA MO’LJALLANGAN HARAKATLAR STRATEGIYASI
I
.
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor
yo‘nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya
qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish
:
•davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga
oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga
oshirish
bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
•qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga
ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan
holda tubdan oshirish;
•siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular
o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish
.
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
•davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish,
davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy
ta’minot darajasini oshirish hamda
iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish;
•mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda
o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning
zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
•davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik
shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning
zamonaviy shakllarini joriy etish;
•"Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini
yuksaltirish va bu xizmatdan va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish
imkoniyatini oshirish.
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
•xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy etish;
•jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy
shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini
oshirish;
•fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning
ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
•mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va
faoliyati samaradorligini oshirish;
•ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish,
jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish.
II. Qonun ustuvorligini
ta’minlash va sud-huquq tizimini
yanada isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini
ta’minlash,
sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va
takomillashtirish:
•sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy
rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish,
sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
•sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l
qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish;
•sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessi
tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har
tomonlama tatbiq etish;
•"Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini kengaytirish,
tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
•sudlarni
yanada
ixtisoslashtirish,
sud
apparatini
mustahkamlash;
•sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish.
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya
qilish kafolatlarini
ta’minlash:
•fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib
chiqishda sansolarlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda
bo‘lish
holatlariga
yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash,
shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini
ko‘rish;
•sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta’minlash;
•fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish
kafolatlarini mustahkamlash;
•fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash;
•sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
2.3.
Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini
takomillashtirish:
•jinoyat
va
jinoyat-protsessual
qonunchiligini
takomillashtirish
va
liberallashtirish,
alohida
jinoiy
qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro
etish tartibini insonpapvaplashtirish;
•odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini
yaxshilash,
ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sud ish
yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish;
•jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqish tartibini
takomillashtirish,
bir-birini
takrorlaydigan
vakolat
va
instansiyalarni qisqartirish;
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini
olish tizimini takomillashtirish:
•jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini
olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini
oshirish;
•diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning
boshqa shakllariga qarshi kurashish
bo‘yicha tashkiliy-amaliy
choralarni yanada kuchaytirish;
•korrupsiyaga
qarshi
kurashishning
tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish
tadbirlarining samaradorligini oshirish;
•aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu boradagi
chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik
jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan
o‘zaro
samarali hamkorligini tashkil etish.
2.5.
Sud-huquq
tizimida
qonuniylikni
yanada
mustahkamlash:
•huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi
organlar ishini samarali rejalashtirish va uning
natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni
aniqlash hamda ularning sabab va omillarini bartaraf
etish;
•sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi
organlar xodimlarini
o‘qitish, tanlash, tayyorlash,
qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya
qilish tizimini takomillashtirish;
•huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi
organlar
xodimlari
orasida
huquqbuzarliklarning
oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish
bo‘yicha
idoraviy
nazoratning
zamonaviy
mexanizmlarini joriy etish;
•huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi
organlar
faoliyati
ustidan
jamoatchilik
nazorati
mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning
huquqni muhofaza qilish tizimiga
bo‘lgan ishonchini
mustahkamlash
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy
o‘sish
sur’atlarini saqlab qolish:
•makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida
tarkibiy va institutsional
o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning
yuqori
o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
•harajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha
darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad
qismini mustahkamlashga
yo‘naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
•ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit
siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy
bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlash;
•soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo‘lini davom
ettirish, soliq
ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag‘batlantirishning tegishli
choralarini kengaytirish;
•bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini
chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va
ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiyaviy loyihalar hamda kichik
biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish;
•sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi
turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek fond
bozorini kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining
erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida rivojlantirish
;
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish,
ularning
mavjud
salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
•ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni
jadallashtirish,
xalqning
turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir
hududning tabiiy, mineral xomashyo, sanoat, qishloq
xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va
samarali foydalanishni
ta’minlash;
•hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish
ko‘llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan
past
bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va
eksport salohiyatini oshirish
yo‘li bilan jadal rivojlantirish
hisobiga
mintaqalar
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
darajasidagi farqlarni kamaytirish
;
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
•aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini
va aholining daromadlari
bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
•budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini
inflyatsiya
sur’atlaridan yuqori miqdorda bosqichma-bosqich oshirish;
•yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv
muassasalari bitiruvchilari bandligini
ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib
rivojlanishini
ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va
sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-
qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
•aholiga kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni
kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan
qo‘llab-
quvvatlash, ijtimoiy xizmat
ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda
davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
•sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat
ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo‘g‘inini, tez va
shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholi
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
4.4.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:
•uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar
tayyorlash;
•ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-
laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va
o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha
ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq
maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni
ko‘rish;
•maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual,
estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash,
bolalarning maktabgacha
ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash,
pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
5.1. Xavfsizlik, diniy
bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi
ustuvor
yo‘nalishlar:
•O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini
muhofaza qilish;
•axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish,
axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi
o‘z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil
etish;
•fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
•davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining
jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
•atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga zarar yetkazadigan ekologik
muammolarning oldini olish;
•favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
• 5.2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor
yo‘nalishlar:
• davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning
teng huquqli subyekti sifatidagi
o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga
kirish,
O‘zbekistonning tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini
shakllantirish;
• O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga
mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish;
• O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy
bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
• davlat chegarasini demilitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish
.
Dostları ilə paylaş: |