Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə87/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Xarid haqida qaror. Baholash bosqichida iste’molchida tanlov yakunida ma’lum markani afzal ko‘rish shakllanadi va eng yoqqan variantni sotib olishga ishtiyoq tug‘iladi. Shu bilan birga tovarni sotib olish ishtiyoqi va xarid haqida qaror o‘rtasida yana ikki omilning ta’siri paydo bo‘lishi mumkin.
Birinchi omil – boshqa odamlarning xaridga nisbatan munosabatlari. Boshqa odam fikrining salmoqliligi, birinchidan, iste’molchi tomonidan tanlangan markaga nisbatan uning salbiy munosabatining jadalligiga, ikkinchidan, potensial sotib oluvchining boshqalarning ishonchini qozonishiga.
Ikkinchi omil – xaridorining fikrini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan, avvaldan ko‘zda tutilmagan vaziyatlar. Tasavvur qiling, bizning potensial xaridorimiz ishidan ajralib qoldi yoki boshqa yirik xarid qilishiga to‘g‘ri kelib qoldi yoxud unga sotuvchi yoqmadi. Shuning uchun xaridorning afzal ko‘rishi yoki niyatiga ko‘pincha ishonavermaslik kerak. Xaridor istagining o‘zgarishiga xarid haqidagi niyatini keyinga qoldirishiga u anglab yetgan risk (xavf, tavakkalchilik) ko‘proq ta’sir etadi. Risk miqdoriga quyidagilar kiradi:
  • xarid uchun talab qilinadigan pul miqdori


  • variantlar bahosi


  • tovar sotib olish niyati


  • boshqa odamlar munosabati


  • oldindan ko‘zda tutilmagan holatlar omillari


  • xarid haqida qaror


Xaridorning tovarning xususiyatlariga nisbatan gumonlariga va individning ishonganlik darajasiga ta’sir etadi. Xarid bilan bog‘liq risklarni kamaytirish uchun iste’molchilar sotib olishni keyinga qoldiradi, shu bilan birga ishlab chiqaruvchi mamlakat va beriladigan kafolatlarga tayanib, yangi axborotlar yig‘adi. Marketologlar xaridorlarning xarid bilan kuzatiladigan muammolar haqidagi fikrlarni yig‘ish omillarini e’tiborga olishlari va iste’molchini ular tomonidan anglashiladigan xatarni kamaytiruvchi axborotlar bilan avvalroq tanishtirishlari lozim.




Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin