Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə140/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish – bu terminning bir qancha tariflari mavjud, masalan:
− yangi mijozlar tomonidan tovar xarid qilinishini oshirish va mavjud mijozlar iste’mol hissasini ko‘paytirish maqsadiga qaratilgan ichki faoliyat;
− tovar harakatlanishidagi marketing texnologiyasi bo‘lib, bunda mijozlarga odatda qoidaga ko‘ra vaqtinchalik tartibda bir qator bevosita va bilvosita afzallik va ustunliklar havola etiladi.
− bu ish tovarlar va xizmatlarni xaridorlar uchun yanada jozibali ko‘rinishda havola etish maqsadida amalga oshiriladi;
− savdo joylarida amalga oshiriladigan reklama tadbirlari, maxsus rejalari odatda cheklangan vaqt doirasida mo‘ljallab ishlab chiqiladi;
− tovarlar yoki xizmatlarni sotish uchun reklamadan foydalangan holda yoki foydalanmasdan ishlab chiqilgan maxsus marketing texnologiyasi.
Yuqorida keltirilgan tariflardan qaysi biri kompaniyalarning bugungi rejalariga muvofiq kelish-kelmasligidan qat’iy nazar mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha sxemalarning muayyan elementlari aynan bir narsa ekanligi ma’lum. Bu – tekin turli rangdagi ruchkalardan tortib aviachiptalargacha qimmatli sovg‘alarni tarqatish. Sovg‘aning reklama qimmatdorligi uning puldagi qiymatini, dizayn, emotsional idrok etish kabi uchala omilni bir vaqtda shakllantirishi mumkin. Bugungi kunda mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirishda qo‘llanayotgan eng ommabop texnologiyalar quyidagilardir:
– mos keluvchi qadoqlangan tovarlar;
− pul dividendlari;
− mukofot tariqasidagi pul cheklari yoki kuponlari;
− mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha xayriya tadbirlari;
− bepul yutuqlar tanlovlari va o‘ynalishi;
− kuponlarni haq to‘lab uzish haqidagi qarama-qarshi takliflar;
− pasaytirilgan narxlar katta-katta harflar bilan yozilgan qadoqlar;
− tovarlar xarid qilinayotganda sovg‘a berish;
− bepul namunalar;
− sovg‘a tariqasida beriladigan kuponlar;
− savdo zallarida tovarlar namoyish etilishi;
yirik va guruhlangan qadoqlar;
− xaridni tasdiqlaganlik uchun sovg‘a;
− banknotlar yoki kuponlar yarimtasining bir-biriga mos kelishi;
− pul chegirmalari;
− qadoqdan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing;
− sotuvni rag‘batlantiruvchi o‘yinlar;
− o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketuvchi yutuqlar.
Mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha marketing tadbirlari yig‘indisi marketing kommunikatsiyalari majmuyi, deb ham yuritiladi. Aniq marketing kompaniyalari ehtiyojlarga muvofiq birgalikda foydalanish uchun tanlab olingan vositalar, texnologiyalar va faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Bunga quyidagilar kirishi mumkin, jumladan:
− reklama;
− sotuvdan keyingi faoliyat;
− reklamabop libos;
− brending va pozitsiyalashtirish;
kataloglar;
− korporativ kommunikatsiyalar;
− to‘g‘ridan to‘g‘ri pochta jo‘natmalari;
− to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing;
− elektron tijorat;
− ko‘rgazmalar;
− interaktiv video;
Internetdagi faoliyat;
− dizayn va ramzlar;
− bozorga axborot havola etish;
− marketing tadqiqotlari;
− merchandayzing;
− kichik ommaviy axborot vositalari;
− qadoq, o‘rama;
− savdo joylarida reklama;
− narx sohasidagi strategiya;
− matbaachilik: iste’molchilar uchun adabiyotlar;
− matbaachilik: savdoga oid adabiyotlar;
− reklama sovg‘alari;
jamoatchilik bilan aloqalar;
− savdo korxonalari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash;
− savdoga oid adabiyotlar;
− sotuvni rag‘batlantirish;
− reklama homiyligi; − personalning firma libosi; − kanselyariya jihozlari.



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin