Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Hamisha ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə16/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Hamisha ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish – savdo faoliyatini iste’molchilar talablariga, bozorga yo‘naltirish. Marketingda asosiy e’tibor iste’molchilar talablarini o‘rganishga qaratiladi. Ishlab chiqarish uchun rejalashtirilayotgan tovarlar firma tomonidan ular xaridorlarga muammolarini hal qilishda qanchalik yordam bera olishini hisobga olgan holda qarab chiqiladi. T.Levitt marketingning bu prinsipini quyidagicha tariflagan:

“So‘zsiz sotib olinadigan tovarlarni ishlab chiqaring va soting, ishlab chiqarish kerak bo‘lgan narsalarni odamlarga majburlab o‘tkazishga urinmang”.




  1. Iste’molchi talablariga faol ta’sir etish, talabni shakllantirish firma tovarlariga potensial talabni real talabga aylantirish uchun zarur, binobarin, buni raqobatchilar o‘z tovarlariga nisbatan amalga oshirmaslaridan oldinroq bajarish zarur.


  2. Bozorga differensiallashgan yondashuv bilan bog‘liq talab keskin bir xil xarakter kasb etadi. Shuning uchun potensial xaridorlarni guruhlarga ajratish zarur, bu esa firmaga imkoiyatiga ko‘ra raqobatchilardan tortib olingan xaridorlar guruhini o‘ziga xos talablariga moslashish va ta’sir o‘tkazish bo‘yicha o‘z strategiyasini ishlab chiqishga imkon beradi.


  3. Yangilik kiritishga yo‘nalish bozorda raqobatli pozitsiyani saqlab turish uchun zarur. Iste’molchilar so‘rovlari o‘ta tez o‘zgaradi, shuning uchun yangi texnologiyalar, texnikalar, materiallarni o‘zlashtirish, bozorga yangi tovarlar joriy etish va mavjudlarini mukammallashtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish savdoni va reklama faoliyatini rag‘batlantirish, tovarlar harakati va savdo (o‘tkazish)da yangi vositalar yaratish zarur. Shu bilan birga unutmaslik kerakki, mahsulotlar muhandislik fikrining ideal ixtirosi bo‘lishi mumkin, biroq u iste’molchilar muammolarini hal qilmasa, shunchaki buyum sifatida qoladi, tovar bo‘la olmaydi hamda marketolog va iste’molchi uchun ortiqcha buyum bo‘ladi.



  4. Yüklə 1,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin