Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə9/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

1. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi. Bozor rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida (AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari uchun o‘tgan asrning 20 – 40 –yillari) tovarga bo‘lgan talab taklifdan ortadi, tovar tanqisligi yuz beradi, xaridorlar tovar qidirib, o‘zaro raqobatlashadilar, ishlab chiqaruvchi – sotuvchilar mustahkam pozitsiyani egallaydilar (sotuvchilar bozori). Bunday sharoitlarda tadbikorlarning kuchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga (ratsionalizatsiyasiga), juda bo‘lmaganda, bunday bozor munosabatlarida uncha qiyin bo‘lmagan savdoga yo‘naltiriladi, potensial iste’molchilarni jalb etish esa hozircha ularning e’tiboridan chetda qoladi. Shuning uchun bu davr manketingning passiv davri, deb ataladi. Bu yerda gap ishlab chiqarish yoki tovarga yo‘nalganlik haqida ketmoqda.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi bilan mos holda xaridorlar keng tarqalgan va narxlari uncha qimmat bo‘lmagan tovarlarga intiladilar, deb hisoblanadi, binobarin, boshqaruvga doir o‘z kuchlarini ishlab chiqarishni mukammallashtirishga qaratishlari zarur. Bu konsepsiya ikki vaziyatga to‘g‘ri keladi. Birinchisida tovarga bo‘lgan talab taklifdan ortib ketadi. Bunday hollarda rahbariyat ishlab chiqarishni oshirish yo‘llarini izlashi kerak bo‘ladi. Ikkinchisi – tovar tannarxi o‘ta yuqori va uni pasaytirish zarur, buning uchun esa mahsuldorlikni oshirishga to‘g‘ri keladi.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi mavjud assortimentdagi ishlab chiqarish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan. Bu dastlabki konsepsiya hozirgi kunda ham qo‘llaniladi. Firmaning asosiy e’tibori mahsulot hajmini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lib, bozor tor assortimentdagi tovarlarga to‘yinadi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘z talabini bozor taklifiga qarab shakllantiradi. Bu konsepsiya asosan quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
  • Real va potensial iste’molchilarning ko‘pchiligi cheklangan sotib olish qobiliyatiga ega bo‘lsa.


  • Ma’lum tovarga talab taklifdan yuqori bo‘lsa, bunday holda o‘rinbosar tovar bo‘lmagani uchun xaridor bor tovarni sotib olishga majbur.


  • Agarda mahsulot tannarxi yuqori bo‘lsa, ko‘p hajmda ishlab chiqarish tannarxni birmuncha kamayishiga olib keladi, korxona ma’lum bir tovari bilan bozorda o‘z ulushini egallaydi.


Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish bo‘lib, aynan shu tovarga talab yuqori, taklif esa kam bo‘lgan vaqtda uni sotish muammo emas.


Rejali iqtisodiyot davrida ko‘proq shu konsepsiya ishlatilgan, lekin juda katta seriyalarda tor assortimentda mahsulotlar iste’molchilarning bunday tovarlarga nisbatan talabini pasayishiga va tovarlarning peshtaxtalarda turib qolishiga sabab bo‘ldi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu konsepsiya o‘z vaqtida Genri Fordning avtomobil zavodida juda katta daromad keltirdi. U katta hajmda ommaviy avtomobillar seriyasini ishlab chiqarib avtomobil sanoatini rivojlantirdi. Uning qora rangdagi o‘rta hol amerikalikning hamyoniga to‘g‘ri keladigan avtomobillarini 1908 – 1927-yillarda T-modeli nomi ostida chiqarib shu yillarda 15 mln.dan ortiq avtomobil sotilishiga erishdi. Katta partiyalarda shu modeldagi avtomobillarni chiqarib ommaviy iste’molchilarni shakllantirdi. Qora rang o‘sha vaqtda eng arzon va tez quruvchi bo‘yoq bo‘lgani uchun G.Ford shu rangdan foydalanib, mahsulot tannarxini pasayishiga erishgan va katta daromad ko‘rgan. O‘z mahsulotlarini har xil qilish haqidagi takliflarga G.Ford hazil qilib, mijozlarga xohlagan rangdagi avtomobilni berish mumkin, faqat bitta shart bilan: u qora bo‘ladi, degan gapi uchun sal bo‘lmasa “tuzoqqa” tushay dedi, chunki raqobatchilari yangi boshqaruv konsepsiyasini o‘zlashtirib, avtomobillarning turli modelini taklif qila boshladilar. Keyinchalik ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi qo‘llanilib, unda tovarlarning yangi modellari, texnologiyalari, assortimentlari yaratilishiga katta e’tibor qaratildi.




  1. Yüklə 1,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin