342
Innovatsion
loyihalarni
ro‘yobga
chiqarish
bosqichida
ularning
samaradorligini baholash algoritmi quyidagi ikki vazifaning hal qilinishini nazarda
tutishi lozim:
-loyihaning samaradorligini innovatsiyalarni sinab ko‘rish uchun sotishni
amalga oshirish chog‘ida baholash;
-loyihaning amaldagi samaradorligini baholash.
Birinchi vazifa yangilikni ishlab chiqarish va sotishni davom Ettirishning
maqsadga muvofiqligini tahlil qilish bilan bog‘liq. Bunda samarani baholash uslubi
loyihalarning samaradorligini investitsiyalashdan oldingi bosqichda baholash
uslublaridan deyarli farq qilmaydi, ammo bunday baholashlar uchun qo‘llanadigan
ko‘rsatkichlar bashoratlanuvchi emas, balki amaliy xususiyat kasb etadi, bu esa
olingan natijalarni baholashning ishonchlilik darajasini oshiradi.
Samaradorlikni tahlil qilish natijalari innovatsiyalarni ro‘yobga chiqarish
borasidagi marketing dasturiga tuzatish kiritish zaruratini, ya‘ni yangi mahsulot
(xizmat) borasidagi narx siyosatini sinovli sotish natijalari bo‘yicha o‘zgartirish
imkoniyatlarini, sotuv siyosatini va (yoki) innovatsiyalarni olg‘a surish siyosatini
o‘zgartirishni oldindan belgilab beradi.
Ikkinchi vazifa xo‘jalik yurituvchi subyekt - IK tomonidan olib borilayotgan
innovatsion siyosat borasida umumiy holda qaror qabul qilishni ko‘zda tutadi.
Ko‘pgina innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajribalar
umumlashtirilgan innovatsion siyosatning integral xususiyatga egaligini hisobga
olgan holda samaradorlikni baholash ko‘rsatkichlari bu yerda umumlashtirilgan
ko‘rinishga keltirilishi, alohida jihatlar- ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy,
ekologik jihatlar bo‘yicha amalda erishilgan natijalarni baholashni o‘z ichiga olishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: