47
ifoda etilgan konseptual asoslar respublikamiz iqtisodiyotida hali to’la sinovdan
o’tmagan.
Mamlakatimiz buxgalteriya hisobi milliy standartlarining
qabul qilinishi
korxonalarda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda hisob
yuritish tartibini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Jumladan, 21-sonli
«Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy xo’jalik faoliyatining buxgalteriya
hisobi schyotlari rejasi»ni amaliyotga joriy etishning o’ziga xos afzalliklari va
kamchiliklari mavjud. Ushbu kamchiliklardan biri
mazkur standart asosida
yangi schyotlar rejasini tarmoq va tarmoqlararo miqyosga mo’ljallangan tizimini
ishlab chiqishdir. Ayniqsa, savdo –tijorat korxonalarining o’ziga xos
hususiyatlarini inobatga olgan holda bu soha uchun yangi schyotlar rejasini
ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Savdo korxonalarida bu muammoning
hal etish tovarlar harakatini, ularni sotish xarajatlarini, ko’rsatilgan
xizmatlar
tannarxini to’g’ri hisobga olish va aniqlashga imkon beradi.
Chet mamlakatlarning iqtisodiy siyosati bizga to’liq mos kelmasligi
mumkin lekin biz ulardan o’zimizga keraklisini olsak maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Xalqaro hisob amaliyotida buxgalteriya hisobining quyidagi uchta iqtisodiy
modeli mavjud:
Britan-amerika modeli;
Kontinental model;
Janubiy Amerika modeli.
Britan-amerika modelining asosiy maqsadi buxgalteriya hisobini investor
va kreditorlarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilish hisoblanadi.
Bu model AQSH,
Buyuk Britaniya, Avtraliya, Kanada mamlakatlarida
qo’llaniladi.
Kontinental model Yevropa va Yaponiya kabi kontinental mamalakatlar
sanoatining rivojlanishiga asos qilib olingan. Bu modelning maqsadi hukumat
talablarini
qondirish, shuningdek soliq hisobiga oid masalalarni amalga
oshirishdan iborat. Undan Fransiya, Germaniya, Shvetsariya,
Shvetsiya,
48
Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Belgiya, Gretsiya, Daniya va
Misr kabi mamlakatlar hisob amaliyotida foydalaniladi.
Uchinchi model Janubiy Amerika mamlakatlarida hisob yuritish qoidalarini
belgilab berish uchun asos vazifasini bajaradi. Uning asosiy mohiyati soliq
siyosatini oqilona amalga oshirishga ko’maklashish va buxgalteriya hisobotini
rejalashtirish ishlarini tashkil qilishdan iborat. Mazkur model Argentina,
Braziliya, Paragvay, Peru, Urugvay, Chili kabi mamlakatlar
hisob amaliyotida
qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: