2-mavzu. Korxona me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishish, o’rganish Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-62-sonli karoriga asosan 2021 yil 24 dekabr sanasida tashkil etilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasining 14 ta hududiy bo‘linmalarining barchasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining ishsiz qatlamini bandligini to‘liq ta’minlab, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlarida ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlashdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-son Farmoni imzolandi unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qarori imzolandi buning ijrosini ta’minlash maqsadida: Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 72-son qaroriga asosanO‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ushbu mablag‘lardan foydalanishi tartibini belgilaydi. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida yuridik shaxs tashkil etmagan holda shakllantiriladi, Jamg‘arma uchun Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatini tashkil etish, shuningdek, uning mablag‘larini shakllantirish va ushbu mablag‘lardan foydalanishi tartibini belgilaydi. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida yuridik shaxs tashkil etmagan holda shakllantiriladi, Jamg‘arma uchun Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochiladi. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: Kuzatuv kengashi — Jamg‘arma faoliyatini boshqaradigan Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kuzatuv kengashi;