115
bilan uyg’unlashgan holda bajarilishi mumkin. Tahliliy
amallarni bajarish tahliliy
amallarni qo’llash maqsadini aniqlash, amallar tanlovini amalga oshirish, tahliliy
amallarni bevosita o’tkazish va natijalar tahlili bosqichlariga bo’linadi.
Buxgalteriya balansi auditini rejalashtirish bosqichida tahliliy amallar
auditorga tashkilot faoliyati o’ziga xosligini aniqlash,
noodatiy yoki hisobotda
noto’g’ri aks etgan faktlarni, qo’shimcha diqqatni talab etuvchi yuqori darajadagi
tavakkalchilik jabhasini aniqlash imkonini beradi. Buxgalteriya balansi auditida
qo’llaniladigan usullar tanlovi ularni o’tkazish maqsadi bilan bog’liq va auditor
tomonidan aniqlanadi.
Buxgalteriya balansi auditida qo’llaniladigan tahliliy amallarni quyidagi
turkumlarga ajratish mumkin:
-
sonli va foizli taqqoslash;
-
koeffitsientli tahlil;
-
statistik usullarga tayangan tahlil;
-
o’zaro bog’langan tahlil;
-
boshqalar.
Buxgalteriya balansi auditi jarayonida tahliliy amallar quyidagi ketma-ketlikda
bajarilishi maqsadga muvofiqdir:
1.
Buxgalteriya balansining amaldagi ko’rsatkichlarni rejadagi (smetadagi)
ko’rsatkichlar bilan taqqoslash. Anchayin muhim sohalarni tadqiq etish (ularda
amaliy ko’rsatkichlarning rejadagidan keskin og’ishi mavjud) ehtimoliy
xatolarning dalillarini aniqlashi mumkin (ularning yo’qligi xatolar bo’lishiga
unchalik ishonchli emasligini so’zlaydi). Ushbu ko’rinishdagi
Tahliliy amallar
keng qo’llaniladi, misol uchun, davlat korxonalarini audit qilishda. Bunda ikki
holatni hisobga olish zarur: mijozning oldindan aytishiga (bashoratiga) qay
darajada ishonmoq kerak (buning uchun auditor mijozning xodimlari bilan
bashoratlarni tuzish tadbirlari haqida suhbat o’tkazali) va joriy moliyaviy ma’lumot
mijozning xodimlari tomonidan oldindan aytish (bashorat) hisoblariga muvofiq
o’zgartirilgani qay darajada ishonchli (ushbu ehtimollikni minimumga keltirish
uchun auditor nazorat etish tavakkalchiligini baholaydi va amaldagi ma’lumotlarni
116
batafsil testdan o’tkazishni amalga oshiradi).
2.
Buxgalteriya balansidagi hisobot davrining ko’rsatkichlarini
avalgi davrlar
ko’rsatkichlari bilan taqqoslash (keskin tebranishlar auditorning diqqatini o’ziga
jalb etishi lozim, ular iqtisodiy o’zgarishlar yoki moliyaviy hisobotning xatolari
bilan bog’liq bo’lishi mumkin).
3.
Buxgalteriya balansidagi amaldagi moliyaviy ko’rsatkichlarni auditor
tomonidan aniqlangan prognoz ko’rsatkichlari bilan taqqoslash (uni amaldagisi
bilan taqqoslash uchun auditor ehtimoliy balans tuzadi;
mazkur tadbirning
mohiyati shundan iboratki, auditor hisob saldosini boshqa qoldiqlar yoki daromad
va buromad hisobi bilan taqqoslaydi yoki mavjud tendetsiyalarga asosan o’z
ehtimolini tuzib chiqadi).
4.
Buxgalteriya balansida aks ettirilgan tashkilotning moliyaviy ahvoli
koeffitsientlarini hisoblab chiqarish va ular o’sishini tahlil etish (tahlil asnosida
auditor mijozning yashab qolishiga oid muhim xulosalarga keladi);
5.
Tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektning balans ko’rsatkichlarini sohadagi
o’rtacha ma’lumotlar bilan taqqoslash (muhim og’ishlar auditor tomonidan
o’rganilishi, biroq korxonaning hisob siyosatidagi farqni va alohida korxonalar
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o’ziga
xos imkonini yodda tutish
lozim); ba’zi bir holatlarda shunga o’xshash korxonaning ko’rsatkichlari bilan
taqqoslash maqsadga muvofiqdir;
6.
Nomoliyaviy ma’lumotlar ko’magida kutilayotgan natijasi mavjud
mijozning ma’lumotlari bilan taqqoslash (sotilgan mahsulot miqdori, ishlangan
soatlar va boshqalar). Bu erda ushbu nomoliyaviy ma’lumotlarning aniqligiga
ishonish muhim.
Buxgalteriya balansi auditi jarayonida tahliliy
amallardan foydalanish
auditorga moliyaviy ko’rsatkichlarni ular orasidagi ehtimoliy bog’liqlikni
o’rganish yo’li bilan baholash imkonini beradi. Bu narsa, o’z navbatida, tashkilot
tomonidan foydalanilayotgan rejalashtirish usullarining samaradorligini baholash,
mavjud biryoqlamalikni, ehtimoliy tavakkalchilik doirasini, bankrot bo’lish va shu
kabilarni aniqlash imkonini beradi.
117
Buxgalteriya balansi auditi jarayonida oddiy miqdoriy tahliliy amallarga oddiy
koeffitsientlar asosida moliyaviy faoliyatni tahlil qilish misol bo’ladi. Murakkab
amallar trendlar tahlili, variatsiya tahlili, regressiya tahlili va modellashtirishni o’z
ichiga oladi. Murakkabroq tahliliy amallarning afzalliklari natijalarning aniqlik
darajasi yuqoriligi va ob’ektivlik hisoblanadi, lekin bunda ularni qo’llash
ancha
mehnat talab qiladi va qimmatga tushadi, natijada tahliliy amallar ma’lumotlari
kamdan-kam qo’llaniladi. Biroq hozirgi paytda katta miqdordagi ma’lumotlarni
matematik qayta ishlash jarayonini soddalashtirishga imkon beradigan ko’p sonli
dasturlar ishlab chiqilgan(4.11-jadval).
Dostları ilə paylaş: