114
jihatdan alohida hisobga olinadi. Buxgalteriya balansidagi
xususiy sarmoyaning
miqdori aktivlar qiymatini va majburiyatlarni baholashga bog‗liqdir.
Majburiyatlar
– shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga
muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul
to‗lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti-harakatdan tiyilib turish
majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‗z majburiyatlarini bajarishini talab
qilishga haqlidir.
Xo‗jalik yurituvchi subyekt boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy
mas‘uliyatli ekanligi majburiyatning asosiy tavsifidir.
Majburiyatlar ustavning yoki shartnomaning talablari oqibati sifatida kuchga
kirishi mumkin. Masalan, olingan tovar-moddiy zaxiralar
va xizmatlar uchun
to‗lanadigan summalar. Majburiyatlar oldin tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi
munosabatlarni saqlab turish yoki xolisona tarzda ish ko‗rishda ham yuzaga keladi.
Masalan, agar xo‗jalik yurituvchi subyekt kafolat muddati tugaganidan so‗ng o‗z
mahsulotidagi kamchiliklarni tuzatish to‗g‗risida
qaror qabul qilsa, shu bo‗yicha
qilingan xarajatlar ham majburiyatlar deb hisoblanadi.
Hozirgi majburiyat bilan kelgusi majburiyat o‗rtasida chegara bo‗lishi kerak.
Xo‗jalik yurituvchi subyekt rahbarining kelgusida aktivlarni sotib olish haqida
qabul qilgan qarori majburiyat paydo bo‗lishiga sabab bo‗lmaydi. Majburiyat
odatda aktiv olinganda yoki xo‗jalik yurituvchi
subyekt aktivni sotib olish
to‗g‗risida bitimga kirishgandagina paydo bo‗ladi.
Tegishli majburiyatni bajarish odatda boshqa tarafning e‘tirozlarini
qondirish uchun iqtisodiy foydani ifodalovchi xo‗jalik yurituvchi subyekt
resurslarini o‗ziga jalb etadi. Majburiyatlarning bajarilishi har xil usullarda (qonun
hujjatlarida ko‗zda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi:
- haq to‗lash bilan;
- boshqa aktivlarni berish bilan;
- xizmatlarni ko‗rsatish bilan;
- ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish orqali;
- majburiyatlarni aksiyalarga almashtirish orqali.
115
Majburiyat, kreditor o‗z huquqlaridan bosh tortgan hollarda yoki kreditor
ana shu huquqlaridan mahrum bo‗lganida, bajarilgan deb hisoblanishi mumkin.
Majburiyatlar avvalgi bitimlar yoki o‗tgan voqealarning natijasidir. Masalan,
tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish va xizmatlarni olish bilan to‗lanishi
kerak
bo‗lgan (agar ular ilgari to‗lanmagan bo‗lsa yoki yetkazib berilganda) schyotlar
ham olinadi.
Zaxiralar
– kelgusida muayyan xarajatlarga sarflanishi mumkin bo‗lgan
xususiy sarmoyaning bir qismidir.
Xo‗jalik yurituvchi subyektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan
qo‗shimcha tarzda himoya qilishni ta‘minlash uchun zaxiralarni
vujudga keltirish
zarur. Zaxiralarni hosil qilish va ularning miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul
qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatlidir. Zaxiralarni vujudga keltirish
xo‗jalik yurituvchi subyektga doir qonunchilikda va ustavda (soliq qonunlarini
buzmagan holda) ko‗zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: