Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

53
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Халқ хўжалигида ҳисоб-китоблар ўз вақтида 
ўтказилиши учун корхона ва ташкилотлар раҳбарларининг масъулиятини ошириш борасидаги 
чора-тадбирлар тўғрисида” 12.05.1994 йилдаги ПФ-1154-сон Фармони 2-банди
54 Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 175-моддаси.


431 
harakat qilish lozim. Hech kim o‗z hamkorlari bilan munosabatni buzishni 
xohlamaydi. Shu sababli debitorlik va kreditorlik majburiyatlarni tahlil etishda 
avvalo kontragentlarning tarkibiga va ularning doimiy faoliyat hamkorligidagi 
tarixiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Avvalo, kontragentlar bilan aloqada 
qarzdorlikning yuzaga kelish sabablarini o‗zidan va undan keyingina hamkoridan 
izlash lozim. 
Qarzdorlik nafaqat iqtisodiy munosabatlarni, balki jamiyat hayotini, ijtimoiy 
munosabatlarni ham chigallashtiradi. Korxonaning jismoniy va huquqiy shaxslar 
bilan bo‗ladigan munosabatlari alohida olingan subyektlarning muammosi emas, 
balki butun iqtisod va jamiyatning ham muammosi hisoblanadi. Shu sababli, 
ularning yuzaga kelishI, muddatlarining cho‗zilishi, oqlanishi, himoyalanishi kabi 
masalalarga doimo muhim e‘tibor qaratish lozim. Qarzdorlikning oshib ketishi o‗z 
navbatida korxonalarning moliyaviy holatiga, barqarorligiga, to‗lovga qobilligiga 
ta‘sir etadi. Natijada korxonaning yashovchanligi, hayotiyligi qiyinlashadi. 
Debitorlik majburiyatlari
deganda – qarshi tomonning (ajratilgan 
bo‗linmalar, sho‗ba va qaram xo‗jalik jamiyatlari, xodimlar, mol yetkazib 
beruvchilar va pudratchilar, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar, 
maqsadli davlat jamg‗armalari va sug‗urta badallari bo‗yicha, ta‘sischilarning 
ustav kapitaliga ulushlari bo‗yicha) korxonaga to‗lashi lozim bo‗lgan muddatli 
majburiyatlari nazarda tutiladi. 
Kreditorlik majburiyatlari
deganda – qarshi tomonga korxonaning to‗lashi 
lozim bo‗lgan (mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga, ajratilgan 
bo‗linmalarga, sho‗ba va qaram xo‗jalik jamiyatlariga, kechiktirilgan daromadlar, 
majburiy to‗lovlar bo‗yicha kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa kechiktirilgan 
majburiyatlar, olingan bo‗naklar, byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarz, sug‗urtalar 
bo‗yicha qarz, maqsadli davlat jamg‗armalariga to‗lovlar bo‗yicha qarz, 
ta‘sischilarga bo‗lgan qarzlar, mehnatga haq to‗lash bo‗yicha qarz, qisqa muddatli 
bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy 
qismi va boshqa kreditorlik qarzlari) majburiyatlari nazar tutiladi. 


432 
Majburiyat bu muayyan fuqarolik huquqiy munosabatidan iborat bo‗lib, 
unga amal qilishi orqali bir shaxs (qarzdor) ikkinchi shaxsga kreditor foydasiga 
ma‘lum bir harakatni bajarishi, mol-mulkni topshirishi, ishni bajarishi, xizmat 
ko‗rsatishi, pul to‗lashi yoki biror harakatni bajarishdan tiyilishi zarur bo‗lgan 
holatga aytiladi.
55
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda Fuqarolik 
kodeksida ko‗rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi yoki vujudga keladi. 
Majburiyatlar xo‗jalik shartnomalari bandlariga to‗la amal qilmaslik 
natijasida yuzaga keladi.
Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida 
tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‗rsatish majburiyatini oladigan, 
ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning 
haqini to‗lash majburiyatini oladigan kelishuv 
xo„jalik shartnomasi
deyiladi. 
Qarzdorliklar xo‗jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsining aybi bilan 
bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning tomonidan xo‗jalik 
yurituvchi subyektning pul mablag‗lari va boshqa mol-mulki maqsadga nomuvofiq 
foydalanilgan, to‗lov intizomi buzilgan, xo‗jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka 
duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar 
sodir etilgan taqdirda yuzaga keladi. 
Debitor va kreditor so‗zlari ma‘nosini ko‗payish va kamayish, qo‗shish va 
chegirish, kirim va chiqim ma‘nosida qarash mumkin. Uning nomlanishiga asos 
qilib balansning aktiv va passiv qismlarga, hisobvaraqalarining aktiv va passiv 
turlarga tarkiblanishi asos qilib olingan. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil etishda 
tahlil
mazmunini
majburiyatlarni hajmi, tarkibi, vujudga kelish davri bo‗yicha o‗rganish, 
majburiyatlarining aylanuvchanligi, tahlikali majburiyatlarning himoyalanganlik 
darajasini baholash, majburiyatlarning yuzaga kelishi va ularning muddatini 
o‗tkazib yuborilish sabablarini o‗rganish, majburiyatlar balansini tuzish, 
majburiyatlarning moliyaviy holatga ta‘sirini baholash tashkil etadi. 
55

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin