3.2. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosatini
samarali tashkil etish va ularni takomillashtirish masalalari
Bugungi kunda ham respublika bank-moliya tizimini isloh qilishni yanada
chuqurlashtirish va uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini va butun bank
tizimini baholashga nisbatan yondashuv va uslublarni tubdan o'zgartirish, uning
umum qabul qilingan xalqaro printsiplar, standartlar va me'yorlarga hamohang
tarzda rivojlantirishni ta'minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26noyabrdagi «2011-2015
yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini
oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor
yo'nalishlari to'g'risida»gi PQ-1438-sonli Qarori ushbu vazifalarning ijrosini
ta'minlash borasida qabul qilingan dasturiy me'yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Bugungi kunda moliya bozorining eng asosiy qismini tashkil etuvchi tijorat
banklari faoliyatini yanada rivojlantirish va uning mustahkamligini oshirish,
markaziy bankning mazkur institutlarga, xususan milliy moliya bozoriga ta'sirini
oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega bo'lib
qolmoqda. Xususan, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
Bazel qo'mitasi tomonidan belgilangan xalqaro andozalar talablariga
asosan tijorat banklariniig yanada kapitallashuvi, ushbu sohaga xususiy kapitalni
jalb qilish, resurs bazalarini oshirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini
takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligini va likvidligini
oshirish;
60
omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish hamda aholi va xorijiy
investorlarning bank tizimiga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlash, yangi
jozibador omonat va depozitlar turlarini joriy qilgan holda aholi va xo'jalik
sub'ektlarining bo'sh pul mablag'larini bank aylanmasiga keng jalb qilish bo'yicha
tizimli chora-tadbirlarni qabul qilish, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari ko'lamini
kengaytirish;
etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo'llaniladigan va
alohida banklar hamda butun bank tiziminingbutun dunyoda qabul qilingan
baholash ko'rsatkichlari bo'yicha yanada yuqori darajaga ko'tarilishini ob'ektiv
baholash imkonini beruvchi xalqaro normalar, standartlar va mezonlar asosida
alohida banklar va butun bank tizimi faoliyatini tahlil qilish va baholashning
zamonaviy tizimini joriy qilish;
moliya-bank
faoliyatining
me'yoriy-huquqiy
bazalariniyanada
takomillashtirish, davr talablari va xalqaro me'yorlarhamda andozalarga muvofiq
amaldagi qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish, yangi qonunlar
va normativ hujjatlarni qabul qilish;
tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish va ularning
investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish,
tavakkalchiliklarni
baholash
va
loyihalarni
ekspertiza
qilish
tizimini
takomillashtirish orqali kredit portfeli sifatini yaxshilash va doimiy o'sishini
ta'minlash, kreditlar bo'yicha muammoli qarzdorlikning shakllanishiga yo'l
qo'ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar ko'rish;
nobank moliya tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug'urta va
auditorlik kompaniyalari tarmogini yanada rivojlantirish va rolini oshirish, xalqaro
me'yorlar va andozalarga muvofiq, ularning barqarorligini va samaradorligini
ta'minlash, ular tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini kengaytirish va
moliya bozori infratuzilmasi institutini mustahkamlash;
tijorat banklarida hisob va hisobotning zamonaviy texnologiya uslublarini
yangicha yondashuvlarini shakllantirish va joriy etish, moliya-bank axborotlari
61
sifat darajasini oshirish, etakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq
undan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
respublika tijorat banklari va moliya institutlarini butun jahonda qabul
qilingan andozalar, uslublar va baholash ko'rsatkichlari tizimida ishlay oladigan,
mukammal tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash,
moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qaytatayyorlash tizimini
yanada takomillashtirish masalalari respublika bank-moliya tizimini yanada isloh
qilish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi.
Istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda yangi bank tizimini
tashkil qilish va rivojlantirishda davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilganva
amalga oshirib kelinayotgan iqtisodiy islohotlarning «o'zbek modeli» tamoyillariga
asoslandi.
Sohadagi islohotlar boshlangan davrda, hattoki xalq xo'jaligidagi to'lovlarni
o'tkazishni samarali tashkil qilishga qodir bo'lmagan bank tizimi qisqa vaqt ichida
eng zamonaviy talablarga javob beradigan, eng zamonaviy kompyuter va axborot
texnologiyalari bilan jihozlangan, turli moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarga
bardoshli bo'lgan, barqaror, mustahkam va tom ma'nodagi mustaqil bank tizimiga
aylanib ulgurdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida
mamlakatimiz moliya-bank tizimi o'zining barqaror va ishonchli ekanligini
isbotladi.
Izchil yuqori o'sish sur'atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining
barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan
yangilanish va o'zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish
yo'lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi tomonidankeng e'tirof etildi.
Xususan, 2009 yilning iyun oyida Xalqaro valyuta fondiningBosh direktori
tomonidan respublika rahbariyati bilan o'tkazgan uchrashuvi davomida
«O'zbekiston Respublikasitomonidan olib borilayotgan islohotlar boshqa
mamlakatlarnikiga nisbatan farq qilib, o'zining afzalliklarini namoyon qildi», deb
bildirgan bahosi e'tiborga sazovordir.
62
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasiga Xalqaro valyuta fondi missiyasining
navbatdagi 2010 yildagi tashrifi natijasi bo'yicha qilgan bayonotida, O'zbekiston
global moliyaviy inqiroz sharoitida ham barqarorligini saqlab, o'z manbalarini
sezilarli darajaga o'sishini ta'minlashiga Hukumatning ehtiyotkorona iqtisodiy
siyosati sabab bo'lganligini qayd etib o'tdi.
Bugungi kunda mamlakatimiz moliya bozorini barqror rivojlanishini
ta'minlashda Markaziy bank o'zining pul-kredit siyosati orqali katta rol o'ynaydi va
mazkur vazifani amalga oshirishda quyidagi masalalarni hal qilishga asosiy
e'tiborni qaratish lozim.
mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash chora-tadbirlarini amalga
oshirishning muhim sharti va manbai sifatida faol investitsiya siyosatini amalga
oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini
yaratish;
ichki bozorda iste'mol tovarlari narxlarining shakllanishiga ta'sir qiluvchi
omillarni, jahon bozoridagi narxlar dinamikasini, shuningdek, ichki talabni
rag'balantirish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni inobatga olgan
holda, 2013 yil uchun inflyatsiya darajasi 7-9 foiz miqdoridabo'lishini ta'minlash;
asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi doirasida, 2013 yilda yalpi
ichki mahsulotning 8,0 foizga o'sishining pulga bo'lgan real talablarini va aholi
daromadlari o'sib borayotganligidan kelib chiqib, pulning jamg'arish omilini
inobatgan olgan holda, o'rtacha yillik pul massasi yalpi ichki mahsulotga nisbatini
1,0 foiz puntga oshishiga erishish;.
inflyatsiya darajasi va pul massasini maqsadli parametrlar doirasida ushlab
turish maqsadida 2013 yilda Markaziy bank qat'iy pul-kredit siyosatini amalga
oshirishni davom ettirishi va ushbu maqsadda monetar siyosatning bozor
instrumentlaridan faol foydalanishi, jumladan, to'lov balansining prognoz
parametrini hisobga olib, bank tizimida vujudga kelishi mumkin bo'lgan ortiqcha
likvidlikning inflyatsion bosimini oldini olish maqsadida, Markaziy bank
tomonidan
amalga
oshiriladigan
sterilizatsiya
operatsiyalari
hajmini
1,3 martagacha oshirish maqsadga muvofiqligi aniqlandi.
63
Foiz siyosatida asosiy e'tibor pul bozorining barqarorligini va bank depozitlari
jozibadorligini ta'minlashga, jumladan, aholi omonatlari bo'yicha real foiz
stavkalarining ijobiyligini saqlab qolish hamda tijorat banklari depozitlar
portfelidagi
uzoq
muddatli
depozitlar
ulushini
oshirishga,
shuningdek
iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarining
maqbulligini ta'minlashga qaratish zarur.
Pul massasining yillik o'sish ko'rsatkichlari prognozi va inflyatsiyaning 7-9
foizli maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda hamda iqtisodiyotni kreditlash
hajmini yanada kengaytirish va tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini
ta'minlash maqsadida qayta moliyalash stavkasini 2013 yil davomida 12 foiz
darajada saqlab turish ayni vaqtda moliya bozorini barqarorligini oshishiga xizmat
qiladi.
Valyuta almashuv kursini eksportni rag'batlantiruvchi va inflyatsiyaning
oldini olishga qaratilgan mexanizm sifatida qo'llash maqsadga muvoq. Ushbu
maqsadda o'zgarib boruvchi boshqariladigan almashuv kursi strategiyasi qo'llash
lozim va almashuv kursi maqsadli koridor doirasida ushlab turish kerak. Bunda
asosiy e'tibor so'mning real effektiv almashuv kursining barqarorligini ta'minlashga
qaratiladi.
Markaziy bank, ichki va tashqi moliya bozorlaridagi holatlardan kelib chiqib,
monetar siyosatning tegishli bozor instrumentlarini qo'llagan xolda pul-kredit
siyosati yuritishni davom ettiradi. Shu bilan birga, monetar siyosat
instrumentlarining samaradorligini yanada oshirish va ko'rilayotgan chora-
tadbirlarning pul bozorining holatiga ta'sirini kuchaytirish bo'yicha aniq maqsadli
ishlar amalga oshirish kerak.
Markaziy bank tomonidan bank tizimi likvidligini domiy ravishda monitoring
qilib borish doirasida tijorat banklarining vakillik hisobvarag'idagi va boshqa
yuqori likvidli aktivlarining harakati tahlil qilib qilib boriladi va ularning eng
maqbul darajada bo'lishini ta'minlash uchun Markaziy bank tomonidan aniq
maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilishi ayni vaqtdagi muhim masalalardan
hisoblanadi.
64
Majburiy rezervlar normasi bank tizimining likvidlik darajasi, pul
massasining va tijorat banklari kredit qo'yilmalarining o'sish sur'atlaridan kelib
chiqqan holda belgilab, zarur hollarda uni o'zgartirib borish lozim.
Shuningdek, bank tizimida vujudga kelishi mumkin bo'lgan ortiqcha
likvidlikning inflyatsion bosimining oldini olish hamda pul massasini tartibga
solish maqsadida, tijorat banklarining mablag'larini Markaziy bankdagi turli
muddatli depozitlarga jalb qilish orqali sterilizatsiya operatsiyalari o'tkazib borish
mamlakatimiz moliya bozorining barqaror rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Bank tizimida vaqtinchalik likvidlik muammosi yuzaga kelganda Markaziy
bank tomonidan likvidlik bilan ta'minlash instrumentlaridan, xususan:
Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridan xorijiy valyutani (AQSh dollari,
evro, yapon ienasi va funt sterling), belgilangan muddat va almashinuv kursida
qayta sotish sharti bilan, sotib olish operatsiyalari - valyutaviy SVOP
operatsiyalaridan zamonaviy sharoitdan kelib chiqib foydalanishi kerak.
Shuningdek, ichki valyuta bozoridagi barqarorlikni va so'mning almashuv
kursining belgilangan koridor doirasida bo'lishini ta'minlash maqsadida, Markaziy
bank banklararo valyuta bozorida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishi
lozim.
Markaziy bank, zarur hollarda, pul bozorida so'nggi instantsiyadagi kreditor
sifatida, tijorat banklariga ularning likvidligini saqlash maqsadida, qisqa muddatli
kreditlar ajratish faoliyatini davomiyligini ta'minlashi kerak.
Bank tizimi likvidligini tartibga solish tizimini bozor tamoyillari asosida
yanada takomillashtirish foiz siyosatining samaradorligini oshirish va pul bozorida
foiz xatarlarini pasaytirish imkonini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk davridayoq yillarida
biz mustahkam poydevorga ega bo'lgan bank tizimini shakllantirdik va
rivojlantirdik. Bizning bank tizimimiz mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy
ettirish, xalq farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirish ishiga bundan buyon ham o'zining
salmoqli hissasini qo'shib boradi.
65
Ayni paytda MDH davlatlarida, jumladan O’zbekistonda ham monetar
siyosatning ochiq bozordagi operatsiyalar, valyuta siyosati, majburiy zahira
talablari, foiz siyosati, depozit operatsiyalari kabi bir qator bilvosita vositalaridan
samarali foydalanilmoqda.
Shuningdek, tijorat banklarining bo’sh pul mablag’larini mahsus depozitlarga va
Markaziy bankning qimmatli qog’ozlariga jalb qilish bo’yicha operatsiyalar ham
muntazam ravishda o’tkazilmoqda. Ushbu operatsiyalar bir kunlik, bir haftalik,
ikki haftalik depozit auksionlari ko’rinishida amalga oshirilmoqda. Ushbu
vositalar, o’z navbatida, Markaziy bankka monetar siyosat samaradorligini oshirish
imkonini bermoqda.
Monetar siyosatning bilvosita vositalarini qo’llash xususida mamlakat
prezidenti I.A.Karimov, jumladan, shunday deydilar: ”Kassa rejalarini nazorat
qilish singari eskirgan usullardan voz kechib, yalpi pul massasini boshqarishning
foiz stavkalari kabi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan, zamonaviy, tez
moslashuvchan uslublari joriy etilgani bu boradagi muhim qadam bo’ldi”
43
.
Monetar siyosat zamonaviy vositalarining keng qo’llanillishi va amalga
oshirilgan qat’iy choralar natijasida so’ngi yillarda mamlakatimizda inflyatsiya va
foiz stavkalari sezilarli darajada pasaydi, valyuta kursi barqarorlashdi va 8,2
foizdan yuqori iqtisodiy o’sishga erishildi. Bunday natijalarga erishishda quyidagi
chora-tadbirlar ahamiyatga ega bo’ldi.
So’nggi yillarda mamlakatimizda monetar siyosat sohasida qator ijobiy
natijalarga erishildi.Ularning asosiylari quyidagilar:
- Investitsiya loyihalari va davlat byudjeti taqchilligini O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki kreditlari hisobidan moliyalashtirish
amaliyotiga chek qo’yildi. Bu esa, monetar siyosatni yuritishda Markaziy
bank mustaqilligini yanada oshirish imkonini berdi;
- Bank tizimida yagona vakillik hisobraqamiga va yagona balans dasturiga
o’tilishi, o’z navbatida, bank tizimining aktivlari, passivlari va likvidliligini
Dostları ilə paylaş: |