Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/65
tarix01.01.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#50349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari

                                           

1

  Karimov  I.A.  2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  modernizatsiya  va 



diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib 

berish – ustuvor vazifamizdir. –T.: “O’zbekiston”, 2015. 5-bet 




 

tarkibida banklar 67,1 % ni tashkil qilgan.



2

 Bu boradagi muammolardan yana biri – 

monetar  siyosatning  iqtisodiy  o’sishiga  nisbatan  ta’sirining  zaifligi  hisoblanadi. 

Monetizatsiya  koeffitsienti  darajasining  past  ekanligi  fikrimizning  isbotidir.  2011 

yilda monetizatsiya koeffitsienti 21,7 foizni, 2012 yil holatiga ko’ra esa,  22 foiz 

atrofida  tashkil  etgan.  Xolbuki  bu  ko’rsatkich,  Xalqaro  valyuta  fondi 

ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, kamida 30 foizni tashkil etishi lozim.  

   


Iqtisodiyotdagi ijobiy va salbiy holatlarni yaxshilash va bartaraf etish uchun 

har  qanday  mamlakat  hukumati  har  doim  iqtisodiyotni  barqarorlashtirishda  aniq 

maqsadlarga yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun 

hukumat  pul-kredit  va  soliq-byudjet  siyosatini  davlat  makroiqtisodiy  siyosatida 

belgilangan aniq maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashti radi.        

    Jahon  iqtisodiy  amaliyotidan  ma’lumki,  ishlab  chiqarishning  pasayishini 

to’xtatish,  inflyatsiya  darasini  jilovlash  va  uni  keskin  pasaytirish  hamda 

makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlashdek  ma’suliyatli  maqsadga  qisqa  vaqtda 

erishib  bo’lmaydi.  Ushbu  maqsadga  bir  necha  yillar  davomida  qator  islohotlarni 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  orqaligina  erishiladi.  Shuningdek,  makroiqtisodiy 

barqarorlikka erishish uchun, har doim ham qisman amalga oshiriladigan islohotlar 

yoki alohida olingan pul-kredit va fiskal siyosatining ta’siri yetarli deb bo’lmaydi, 

albatta.  Buning  uchun  hukumat  tomonidan  aniq  maqsadlarga  yo’naltirilgan  qator 

tuzilmaviy 

va 

iqtisodiy 



islohotlarni 

qamrab 


oluvchi 

makroiqtisodiy 

barqarorlashtirish  dasturi  majmuasi  ishlab  chiqilishi  hamda  uni  muvaffaqiyatli 

amalga oshirilishi zarur. 

   

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamizda Markaziy bankning 



monetar  siyosatini  takomillashtirish  va  uni  iqtisodiy  o’sish  sur’atlariga  ta’sirini 

oshirishga  qaratilgan  ilmiy  taklif  va  amaliy  tavsiyalar  ishlab  chiqilishining 

zarurligi,  hamda  mazkur  holat  iqtisodiy  adabiyotlarda  chuqur  o’rganilishi,  ushbu 

ilmiy ishni tanlanishiga asos bo’ldi. 

           Mavzuning  o’rganilganlik  darajasi.  Monetar  siyosatni  takomillashtirish, 

uning  makroiqtisodiy  rivojlanish  barqarorligini  ta’minlashdagi  rolini  oshirishning 




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin