3-Cheklar bilan amalga oshiriladigan hisob kitoblar.
CHeklar– unda ko‘rsatilgan summani to‘lash to‘g‘risidagi topshiriqdir. Amaliyotda pullik cheklar va hisob kitob cheklari qo‘llaniladi. Fredirik Mishkenning fikriga ko‘ra cheklarning jiddiy kamchiligi ularni chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning katta ekanligidir. AQSH da har yili chekni muomalaga chiqarish uchun 40 mlrd.$ xarajat qilinadi.
1-tovarlarni oldi sotdi shartnomasini tuzish; 2-sotib oluvchi o‘z bankiga chek yozish uchun yozma ko‘rsatma beradi; 3-sotib oluvchining banki chekni yozadi; 4-sotib oluvchining banki sotib oluvchiga uzatadi; 5-mol etkazib beruvchi tovarlarni jo‘natadi; 6-mol etkazib beruvchi tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni jo‘natadi; 7-sotib oluvchi mol etkazib beruvchiga chekni uzatadi; 8-mol etkazib beruvchi chekni o‘z bankiga uzatadi; 9-mol etkazib beruvchining banki chekni tekshiradi va qabul qilib oladi; 10-mol etkazib beruvchining banki sotib oluvchining bankiga to‘lov uchun jo‘natadi; 11-sotib oluvchining banki chekni to‘lab beradi.
Agar sotib oluvchining joriy hisob raqamida pul mablag‘lari bo‘lmasa chek qaytariladi. CHunki chek summasi taraqqiy etgan davlatlarda depozit qilinmaydi.
Evropa taraqqiyot va tiklash banki eksperti N. Akamatsuning tadqiqotlari ko‘rsatdiki, Evropa va AQSHda cheklar bo‘yicha to‘lovsizlik muammosining mavjud emasligi tijorat banklari kreditlari hisobidan cheklarning to‘lanayotganligi bilan izohlanadi. Hisob kitob cheklarining asosiy kamchiligi to‘lovning kafolatlanmaganligidir. Hisob kitob cheklarining avzalligi – tovarlarning sotilishini tezlashtiradi.
Hujjatlashtirilgan akkreditivning 5 ta asosiy shakli mavjud:
1. CHaqirib olinadigan akkreditivlar – bu akkreditiv uni ochgan bank tomonidan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
2. CHaqirib olinmaydigan akkreditivlar – bu akkreditivlar bekor qilinib bo‘lmaydi
3. Tasdiqlanadigan akkreditivlar - bu akkreditivlar 3-bank tomonidan tasdiqlanadi. Odatda kichik banklar tomonidan katta summaga ochilgan akkreditivlarni yirik banklar tan olmaydi. SHunda ular bu akkreditivni 3-bank tasdiqlashini talab qiladi.
4. Tasdiqlanmaydigan akkreditiv
5. Ta’minlangan akkreditivlar- bu shaklda O‘zbekistonda keng qo‘llaniladi. Bunda akkreditiv summasi mijozning joriy hisob raqamidan olinib, alohida schyotda deponent qilinadi