Toshkent moliya instituti mustaqil ish



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix05.08.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#138723
sugurtaning asosiy funksiyalari va tamoyillari (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
MUSTAQIL ISH 
MAVZU: 
Sug‘urtaning asosiy funksiyalari va tamoyillari 
Bajardi: KBI-65 gurux talabasi Axmedova F 
Qabul qildi : o‘q Matiyazova S
TOSHKENT-2017 
 


Mavzu: Sug‘urtaning asosiy funksiyalari va tamoyillari 
REJA: 
 
1. Sug‘urtaning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy belgilari. 
2. Sug‘urta fondlari, ularning shakllanishi va foydalanish yo‘nalishlari. 
3. Sug‘urtaning funksiyalari. 
 
1. Sug‘urtaning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: 
-Sug‘urta riskini mavjudligi. Risk-sug‘urta munosabatlari paydo bo‘lishining asosiy 
shartidir. Risk bo‘lmas ekan, sug‘urtaning bo‘lishi mumkin emas. Riskning hajmi, 
miqdori ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari yordamida 
aniqlanadi. Sug‘urta risklarini tahlil kilish ularni 2 ta yirik guruhga bo‘lishni taqozo 
etadi. YA’ni, risk sug‘urtaviy va sug‘urtasiz bo‘ladi. Sug‘urta shartnomalarida o‘z 
aksini topgan risklar sug‘urtaviy risklar deyiladi. Risk bahosini pulda ifodalanishi 
sug‘urta stavkasini tashkil etadi. Risk doimiy ko‘rsatkich emas, balki u doimo 
o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar iqtisoddagi va boshqa sohadagi o‘zgarishlar bilan 
chambarchas bog‘liqdir. Sug‘urta tashkiloti riskni rivojlanishini, holatini doimo 
kuzatishi lozim, ya’ni tegishli statistik hisob olib borishi, yig‘ilgan ma’lumotlarni 
qayta ishlashi va tahlil qilishi kerak.
Riskni baholash uchun uni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
1) Sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan risklar. 
2) Sug‘urtalanishi mumkin bo‘lmagan risklar. 


Riskning eng katta guruhini sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan risklar tashkil 
etadi. Quyida keltirilgan mezonlar asosida sug‘urta riskini sug‘urtasiz risklardan
farq qilish mumkin.
a) Risk tasodifiy xarakterga ega bo‘lmog‘i kerak ;
b) Sug‘urta hodisalarini ro‘y berish faktining vaqti va makonining noma’lum 
bo‘lishi; 
v) Xavf solish manbasiga ko‘ra risklar tabiatning stixik kuchlari bilan bog‘liq
risklari va moddiy boylikni o‘zlashtirish oqibatida insoniyatni tabiatga ta’siri bilan 
bog‘liq risklar. Risklarni turkumlashda katta halokatli risklar alohida o‘rin tutadi. 
CHunki bunday risklar ro‘y berishi natijasida ko‘plab ob’ektlar yirik miqdorda zarar 
ko‘rishi mumkin. Katta halokatli risklarga zilzila, sunami, kuchli shamol misol 
bo‘lishi mumkin. YUqorida aytilgan risklardan tashqari ekologik, siyosiy va maxsus 
risklar bo‘lishi mumkin. 
Risk menejment (riskni boshqarish) - riskni chegaralash yoki kamaytirish 
bilan bog‘liq tadbirlar yig‘indisi. Amaliyotda riskni boshqarish quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi:
Riskni aniqlash, masalan ssuda oluvchilarning ssudani o‘z vaqtida qaytarib 
bera olmaslik riski sug‘urtalanadi, risk darajasi aniqlanadi. Kredit oluvchi shaxsning 
moliyaviy holati qanday aktivlarga ega ekanligi, loyihada hisob-kitob qanchalik 
asoslanganligi va xakozo. 
Рискни 
аниқлаш 
Рискни 
назорат 
қилиш 
Рискни 
баҳолаш
Рискни 
молиялаштириш 


Riskni baholash - riskni holatlari aniqlanadi, riskni sodir bo‘lish 
ehtimoliyligi, aktuar hisob-kitoblar, statistik kuzatuvlar, ehtimollar nazariyasi 
asosida baholanadi va sug‘urtalanayotgan ob’ektga nisbatan risk darajasi 
aniqlanib sug‘urta tarifi hisoblanadi. Sug‘urta tarifining stavkasi - bu risk bahosidir. 
Riskni nazorat etish - bu sug‘urta kompaniyasining vakili tomonidan 
sug‘urtalangan ob’ekt holatini, uning saqlanish ustidan kuzatuv ishlarini olib 
borishi. SHuningdek, uning saqlash xavfliligi talablariga javob berishi tekshiriladi. 
Qator ob’ektlarni yaxshi saklash uchun zarur tavsiya va maslaxatlar beriladi. 
Riskni moliyalashtirish - bu riskni aniqlash, baholash va nazorat etish bilan 
bog‘liq hamma xarajatlarni qoplash. 
-Sug‘urta munosabatlarining taqsimlash xarakteriga ega ekanligi. Moliya 
tushunchasi kabi, sug‘urta ham yalpi ichki mahsulotni va milliy daromadni qayta 
taqsimlashda ishtirok etadi. 
-Sug‘urtada zararlarni hududlar bo‘yicha va muayyan bir vaqtda 
taqsimlanishi. Bu sug‘urtaning asosiy belgisi bo‘lib, hududlar bo‘yicha sug‘urta 
fondini sug‘urtalangan xo‘jaliklar o‘rtasida taqsimlash uchun katta hudud va 
ko‘plab sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar zarur bo‘lishi talab etiladi. 
Zararlarni ma’lum bir vaqtda taqsimlanishi sug‘urta hodisalarini tasodifiy ro‘y 
berish xarakteriga ega ekanligidan kelib chiqadi. Qator yillar mobaynida 
favqulodda hodisalar ehtimol ro‘y bermasligi mumkin. Bu holat sug‘urta hodisalari 
sodir bo‘lmagan vaqtda tegishli miqdorda sug‘urta zahiralarini tashkil etishni talab 
qiladi. 
-Sug‘urta fondlariga jalb etilgan sug‘urta mukofotlarini qaytarib berish. 
Sug‘urta mukofotlari sug‘urta tarifi asosida aniqlanadi. Sug‘urta tarifi ikki qismdan 
iborat bo‘lib, netto-stavka (sug‘urta hodisalari ro‘y berganda zararlarni qoplashga 
ishlatiladi) va netto-stavkaga ustamalardir (sug‘urta kompaniyasi ishini tashkil 


etish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi). Netto-stavka, asosan, sug‘urta hodisasi 
ro‘y berganda sug‘urtalanuvchiga qaytarib beriladi. 
o‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq, majburiy 
sug‘urta turlariga doir sug‘urta shartlari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. 
Ixtiyoriy sug‘urtalashga doir sug‘urta tariflarining miqdori tomonlarning 
kelishuviga muvofiq belgilanadi. 
-Sug‘urta fondi mablag‘larining, faqat, shu fondni tashkil etishda 
qatnashgan sub’ektlar o‘rtasida taqsimlanishi. 
Sug‘urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar: 
Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli 
litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini. 
o‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra, 
sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga 
oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi.
Sug‘urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo‘lishi mumkin (davlat sug‘urta 
tashkilotlari, aksionerlik sug‘urta tashkilotlari hamda o‘zaro sug‘urtalash
jamiyatlari). Sug‘urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar davlat organlarining 
tegishli litsenziyasiga ega bo‘lishi zarur.
Sug‘urtalanuvchi – sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan 
va tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Sug‘urta vositachilari – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida 
vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi 
sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun 
vositachi sug‘urtalanuvchidan emas, balki sug‘urta kompaniyasidan tegishli 
vositachilik haqini oladi.


Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi 
bilan birgalikda kechadigan jarayondir. Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning 
ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi 
tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta 
risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini 
ham o‘z zimmasiga oladi. 
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, 
ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini 
qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. SHunday 
anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari 
yuzaga keldi.
Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i 
nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash 
lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik 
iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-
sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz 
berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug‘urta faoliyatiga, 
xususan, risklar transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi. 
Sug‘urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga aylandi. 
«Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining 
sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi»
1
. «SHu narsa aniqki, 
bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar... sug‘urta tizimisiz samarali ishlash, 
investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas»
2

1
Ўзбекистон Республикасининг «Суғурта фаолияти тўғрисида»ги Қонуни, 3-модда.
3
Қаранг: Иқтисодиётни эркинлаштириш ва ислоҳотларни чуқурлаштириш - энг муҳим вазифамиз. Президент И.Каримовнинг 1999 
йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2000 йилда иқтисодиётни эркинлаштириш ва ислоҳотларни 
чуқурлаштиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси.// «Халқ сўзи» газетаси, 
2000 йил, 16 февраль. 


SHu o‘rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da uzluksizlikni 
ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan, mulkchilik shakllariga 
ko‘ra, maxsus qayta taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot 
sub’ektlari ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik qilish, 
undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi manfaatlari yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta faoliyatida talab darajasidagi risk 
transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni ilmiy asosda o‘rganish muhim 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot sub’ektlarining 
erkinliklari kengayib borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish 
bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o‘zlashtirilishi sug‘urta faoliyatida 
risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va takomillashtirishga 
bo‘lgan ehtiyojni orttirmoqda.
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish uchun ilmiy 
adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish maqsadga 
muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish industriyasi»
3
ekanligi qayd 
etilgan, shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda 
«xizmatlar iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» 
tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan 
«xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat 
«va’dani sotadi». SHu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan 
faoliyat»
1
deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini 
tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»
2
beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida 
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining 
ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) 
3
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. 
p. 1 b. 3. 
1
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. 
p.1 b. 4. 
2
Қаранг: Ефимов С.Л. Энциклопедический словарь. Экономика и страхование. М.: Церих -ПЭЛ, 1996. I-Х, с. 347. 
3
Ўзбекистон Республикасининг «Суғурта фаолияти тўғрисида»ги Қонуни, 3-модда. 


ta’minlanishi nazarda tutiladi. SHartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan 
ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi. 
Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va 
rivojlanishi, iqtisodiyot sub’ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi
erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi 
kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy 
takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus 
xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi. 
«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta 
mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta 
hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta 
tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish 
tushuniladi»
3

2. 
Tabiiy va boshqa stixiyali hodisalar sodir bo‘lishi natijasida keltirilgan 
zararlarni qoplash uchun sug‘urta fondlari tashkil etiladi. Sug‘urta fondlari tashkil 
etish manbasiga va foydalanish yo‘nalishiga qarab, uch ko‘rinishda bo‘ladi:
-o‘z-o‘zini sug‘urtalash fondlari. Bu fond har bir xo‘jalik sub’ektida tashkil 
etiladi va ishlab chiqarishda vaqtincha yuzaga kelgan qiyinchiliklarni oldini olishga 
xizmat qiladi; 
-davlatning markazlashgan sug‘urta fondlari. Markazlashgan sug‘urta
fondlari umumdavlat resurslari hisobidan tashkil etiladi. Bu fonddan asosan 
favqulodda hodisalar ro‘y berganda paydo bo‘lgan zararlarni qoplashga 
ishlatiladi; 
-sug‘urta yo‘li bilan tashkil etiladigan sug‘urta fondlari. Bu fond 
sug‘urtalanuvchilar tomonidan to‘langan mukofotlar hisobidan tashkil etiladi. 
Sug‘urta fondi faqat pulli shaklda va u qat’iy maqsadli yo‘nalishda foydalaniladi, 


ya’ni sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, 
sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lashga ishlatiladi. 
3.
Sug‘urtaning iqtisodiy tabiati uning funksiyalarida o‘z aksini topadi. 
Moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan bir qatorda sug‘urta ham bir qator 
funksiyalarni bajaradi. Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda sug‘urtaning 
funksiyalari bir necha ko‘rinishda talqin etiladi. Masalan, i.f.d., prof. 
V.M.Rodionova rahbarligida chop etilgan “Finansы” o‘quv qo‘llanmasida sug‘urta 
ikkita funksiyani bajarishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu funksiyalar quyidagilardan iborat: 
qayta taqsimlash va nazorat funksiyasi. I.f.d., prof. H.R.Sobirov sug‘urta quyidagi 
funksiyalarni bajarishini qayd etadi: “xavf-xatar; ogohlantirish; investitsiya; 
omonat; axborot”.
Ko‘rinib turibdiki, prof. H.R.Sobirov sug‘urtaning 5 ta funksiyaga ega 
ekanligini qayd etadi. Fikrimizcha, bu funksiyalarning ba’zilari tegishli bahs-
munozarani talab etadi. Xususan, sug‘urtaning investitsiya funksiyasi. Investitsiya 
– sug‘urta tashkilotlari uchun funksiya emas, balki asosiy sug‘urta faoliyatiga 
qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiyasiz ham sug‘urta 
tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Ammo, sug‘urta tashkilotlari vaqtincha 
bo‘sh turgan mablag‘larini investitsiya qilish orqali qo‘shimcha daromad oladi. 
Funksiya doimiylik xarakteriga ega va u o‘zgarmasdir. Sobiq sovet hokimiyati 
davrida davlat sug‘urta organlarining mablag‘lari investitsiya qilinmas edi. Bozor 
munosabatlariga o‘tish munosabati bilan sug‘urta tashkilotlarida investitsiya 
faoliyati bilan shug‘ullanishga imkoniyat tug‘ildi. SHuning uchun biz investitsiyani 
sug‘urtaning funksiyasi bo‘la olmaydi, deb tasdiqlashimiz mumkin. 
Ayni shunday fikrlarni axborot funksiyasi haqida ham gapirish mumkin. 
Sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta tashkilotlari haqida ma’lumot berish bu 
sug‘urtaning 
axborot 
funksiyasi 
mavjudligini 
anglatmaydi. 
Sug‘urta 
tashkilotlarining tijorat siriga kiruvchi ma’lumotlari umuman axborot sifatida 


berilmaydi. Sug‘urtaga axborot funksiyasi xosligi unchalik ham o‘z isbotini 
topmagan. 
Bizning fikrimizcha, sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajaradi: 

Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq funksiya. 

Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq funksiya. 

Nazorat funksiyasi. 
YUqorida qayd etilgan funksiyalar sug‘urta faoliyatida doimiy hisoblanadi va 
har qanday sharoitda o‘zgarmasdir. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun, 
albatta, sug‘urta tashkilotida etarli miqdorda pul mablag‘lari fondi bo‘lishi lozim. 
Agar, sug‘urtalovchi pul fondini, ya’ni sug‘urta fondini tashkil etmasa, uning 
moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Tashkil etilgan sug‘urta fondining 
mablag‘lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo‘lib, u faqat sug‘urta hodisalari ro‘y 
berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug‘urta fondining mablag‘larini 
boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug‘urta fondi mablag‘lari davlat 
tomonidan olib qo‘yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin