Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
2010-2015 yillar
: Raqamli iqtisodiyotning yetilish davri bo’lib, unda onlayn
imkoniyatlar yuzaga keldi va raqamli texnologiyalar an’anaviy biznesga ham asta-
sekinlik bilan kirib kela boshladi.
2015-2020 yillar
: Raqamli texnologiyalarning kutilmagan sohalarga kirib
kelishi va an’anaviy biznes modellarning transformatsiyasi hamda bir qancha yangi
elektron biznes modellarining paydo bo’lishi.
2020-2030 yillar
: Raqamli texnologiyalarning tizimli transformatsiyasi amalga
oshirilishi, ya’ni, raqamlashtirishni tizimli yondoshuv asosida amalga oshirib,
ularni kriptotizimlarga suyangan holda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish.
Raqamli iqtisodiyotga o’tish nimani anglatadi?
- degan savolga quyidagicha
qilib javob berish mumkin:
Raqamli iqtisodiyotga o’tish deganda komp’uyterlar va bilimlarga asoslangan
holda jamiyat va iqtisodiyotning yangi turini barpo etishni tushunamiz;
Raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida
ma’lumotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar,
bulutli texnologiyalar, sensor tarmoqlar, narsalar interneti hamda sun’iy
intellekt texnologiyalari misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan texnologiyalar birgalikda “aqlli” ob’ekt va
jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy, aqlli shahar, sog’liqni saqlash, transprot ba
tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: