4-§. Pulning miqdoriy nazariyasi
Miqdoriy nazariya XVI-XVIII asrlarda merkantilistlarning kontseptsiyasiga
reaktsiya sifatida paydo bo’ldi. Bu nazariyaning boshlovchisi frantsuz iqtisodchi
J.Boden (1530-1596) edi. U birinchi bo’lib Evropada o’sha davrda yuz bergan
«baholar revolyutsiyasi»ni ochib berishga harakat qildi. Baholarning sakrashiga
sabab Evropaga Amerika qit’asidan oqib kelgan qimmatbaho metallar bo’lganligini
tushuntirdi. XVI-XVIII asrlarda Evropada oltin miqdori 1500 yilda bo’lgan oltin
miqdoridan 16 marta ko’payib ketgan edi. J.Boden baholarning o’zgarishi
muomaladagi pul miqdori bilan aniqlandi deb tushuntirdi. Shu sababli ham bu
nazariya miqdoriy nazariya deb nom oldi. Ammo ilk miqdoriy nazariya tarafdorlari
pul miqdorining bahoga bo’ladigan ta’sirini va buni qanday yo’llar bilan va qaysi
hollarda bo’lishligini aniq ochib bera olmadilar.
XVIII asrga kelib bu nazariyani inglizlar D.Yum (1711-1726) va Dj.Mill
(1773-1836) hamda frantsuz Sharl Monaskyo (1689-1755)rivojlantirdilar. Ingliz
iqtisodchisi, faylasuf, psixolog va tarixchi D.Yum o’zining sub’ektiv idealistik
qarashlari bilan qiymat substantsiyasi tushunchasini rad etdi. Amerikadan
qimmatbaho metallarning oqib kelishi va baholarning oshishi orasidagi to’g’ri
proportsional bog’lanishni ko’rsatmoqchi bo’lib, u: «pul qiymatini uning miqdori
belgilaydi» degan fikrini ilgari surdi. Yum fikricha, tovarlarning bahosi va pulning
qiymati muomalada bo’lgan tovar va pul hajmi bilan aniqlanadi. Muomala pulning
ko’payishi oldin bir tovar bahosining oshishiga, keyin ikkinchi tovarning va oxir
oqibatida barcha tovarlarning bahosining muomaladagi pul miqdoriga proportsional
ravishda oshishiga olib keladi. Mana shu pulning miqdoriy nazariyadagi pul massasi
o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi va munosabat
Baholar darajasining
Pul massasi
=
qsish sur’atlari
qsish sur’atlari
78
Demak, tovarlar bahosi hamisha pul miqdoriga to’g’ri proportsional bo’ladi.
Yoaqiqatda esa yangi oltin va kumush konlarining ochilishi bilan bu metallar kamroq
ijtimoiy mehnatni o’zlarida aks ettira boshladilar.
Shunday qilib, miqdoriy nazariya vakillarining fikrlari shunda ediki: pulning
sotib olish qobiliyati xuddi baho kabi (yangi tovar bahosi kabi) bozorda aniqlanadi;
muomalada barcha chiqarilgan pullar bo’ladi; pulning sotib olish qobiliyati pul
miqdoriga teskari proportsional va baholar o’zgarishi pul miqdoriga to’g’ri
proportsional.
Miqdoriy nazariya pulning faqat muomala vositasi ekanligini ko’ra oldi, xolos.
Ular ta’kidlashicha pul va tovar massalarining to’qnashishi natijasida baholar
belgilanadi va pulning qiymati aniqlanadi. K.Marks Yumni tadnqid qilib, uning
asosiy xatosi shundaki, u «pul muomalaga kirayotganda qiymatga ega emas, tovar esa
bahoga ega emas» degan noto’g’ri taxminda edi» deb yozgan edi.
Ularning ikkinchi xatosi shunda ediki, ular hamma pul massasi faqat
muomalada bo’ladi deb qarashgan. Aslida qiymat qonuniga muvofiq muomala uchun
zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlovchi iqtisodiy qonun mavjud. Muomalada bo’lgan
haqiqiy naqd pulga, har qanday pul miqdori emas balki, shu davr uchun zarur
bo’lgan, to’lov muddati uzaytirilgan, hisob-kitoblar va pul biriklarining aylanishida
band bo’lgan pullar kiradi.
Miqdoriy nazariya xazinaning metall pul muomalasida stixiyali regulyator
ekanligini rad etadi.
79
|