Fondlar aylanishining ikkinchi bosqichida (... Ishlab chiqarish ...)
ishlab
chiqarish jarayoni sodir bo’lib, bunda tayyor mahsulotni yaratish ro’y beradi,
mahsulot ko’rinishi tovar ko’rinishini oladi, ishlab chiqarish vositalari qiymatiga
yangi qiymat qo’shiladi.
Uchinchi bosqichda (T
I
- P
I
) tayyor mahsulot sotiladi. Tovar o’zining
boshlang’ich pul shakliga o’tadi., lekin bunda tovar ham, pul ham o’zining ishlab
chiqarish jarayonidan oldingi holatiga nisbatan qiymat
jihatdan va miqdor jihatdan
ortgan holda bo’ladi.
Mahsulotni sotgandan keyin olingan pul fondlari o’z navbatida yana xarajat
qilinadi, yani yangi ishlab chiqarish jarayoni uchun yangi ishlab chiqarish vositalari
sotib olinadi, ish xaqi to’lanadi va boshqa xarajatlarga sarflanadi. Shunday qilib,
aylanma mablag’larning aylanishi qayta-qayta takrorlanaveradi va fondlarning
doiraviy aylanishi vujudga keladi. Fondlarning har bir individual
doiraviy aylanishi
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning bir qismi sifatida boshqa doiraviy aylanishlar
bilan uzviy bog’langan.
Ma’lumki 1-bo’lim korxonalari tomonidan yaratilgan mahsulot 2-bo’lim
korxonalari va noishlab chiqarish sohasi tomonidan iste’mol qilinadi. O’z navbatida
2-bo’lim mahsuloti nafaqat o’z istemolchilari ehtiyojini, shuningdek, 1-bo’lim
istemolchilarining ham ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi.
Bularning hammasi oborot fondlarining doiraviy aylanishi
uzluksizligidan va
fondlarning individual aylanishlari o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjudligidan dalolat
beradi.
Asosiy fondlar qiymati harakati jarayonida resurslarni ishlab chiqarishdan
bo’shatilishi ko’zga tashlanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish
jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va ularning qiymati tovar mahsuloti qiymatiga
asta-sekin o’tib boradi. Asosiy fondlarning asta-sekin eskirish qiymati o’z o’lchami
bo’yicha korxonaning yangi vositalar sotib olish hajmini ta’minlay olmaydi.
Fondlaring aylanishida asosiy fondlarning o’zgaruvchan harakati ro’y beradi.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, bunda ba’zi korxonalarda bo’sh pul mablag’lari
152
to’planib qoladi, boshqalarida esa katta xarajatlarga ehtiyoj tufayli mablag’lar
etishimovchiligi yuzaga keladi.
Xuddi shunday vaziyat aylanma fondlari harakatida ham vujudga keladi. Bu
erda ularning uzluksiz aylanishidagi tebranishlar yanada xilma-xildir. Dastavval, bu
tebranishlar ishlab chiqarishning mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish davri bilan
mahsulotni sotish vaqti bir-biriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi.
Mablag’lar harakatidagi tebranishlar tovar mahsulotini jo’natish bilan bog’liq
xarajatlar tufayli ham vujudga keladi. Ma’lumki, mahsulotni jo’natish vaqti bilan uni
sotishdan olinadigan tushumning korxona hisob raqamiga kelib tushish vaqti ko’p
hollarda to’g’ri kelmaydi. Bu hol turlicha sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Masalan, mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona bilan uni iste’mol qiluvchi korxona
bir biridan muayyan
masofada joylashganligi, mol sotib oluvchi korxonaning ayni
vaqtda tovar va xizmatlarga to’lash uchun hisob-kitob schetida pul mablag’larining
etarli emasligi va boshqalar tufayli kelib chiqadi.
Fondlarning doiraviy aylanishidagi tebranishlar zaminida ishlab chiqarish vaqti
bilan mahsulotlarni sotish vaqtining mos kelmay qolishidan vujudga keladigan
qiyinchiliklarni bartaraf etuvchi munosabatlarning paydo bo’lishi tabiiy holga
aylanadi. Bu munosabatlar mablag’larning vaqtincha bekor
turib qolishi bilan bu
mablag’larga bo’lgan ehtiyoj o’rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etadi. Bunday
munosabatlar odatda kredit munosabatlar deb yuritiladi va kredit munosabatlar
asosida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan
Dostları ilə paylaş: