Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida yoki
tovar shaklida berilishi
mumkin. Jismoniy shaxslarga ko’chmas mulkka egalik qilish uchun, qimmat bo’lgan
davolanishni to’lash, har xil tovarlar va uy jihozlari sotib olish va boshqa ehtiyojlarni
qondirish uchun ist’emol kreditlari berilishi mumkin. Pul shaklida ist’emol krediti
banklar tomonidan, tovar shaklida esa tovarlar chakana savdosi jarayonida to’lov
muddatini cho’zish orqali amalga oshiriladi.
O’zbekistonda hozirgi kunlarda uy-joy sotib olish,
uy-joy qurish uchun pul
shaklidagi, uzoq muddatli ist’emol krediti va tovar shaklida avtomobil kreditga
berilmoqda.
Davlat krediti.
Kreditning bu shaklining asosiy xususiyati kredit
munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlat bir tomondan qarz
beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok qilishi mumkin. Qarz
beruvchi vazifasini bajara turib, davlat, davlat kredit institutlari , jumladan Markaziy
bank orqali iqtisodning har xil sohalarini kreditlashni o’z zimmasiga oladi. Davlat
tomonidan:
•
iqtisodiyotning ustivor
tarmoqlarini kreditlash;
•
moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezayotgan davlat ahamiyatiga ega bo’lgan aniq
tarmoq yoki mintaqalarga, agar byudjetdan moliyalashtirish imkoniyati tugagan
bo’lsa, vaqtincha foydalanishga mablag’ ajratilishi mumkin.
Undan tashqari, tijorat banklariga banklararo
kreditlar bozorida kredit
resurslarni kim oshdi savdo yo’li bilan yoki to’g’ridan-to’g’ri sotish jarayonida davlat
tomonidan mablag’lar vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
Davlatning qarzlari ko’paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini
moliyalashtirish maqsadida,
davlat qarz oluvchi sifatida, davlat qarzlarini
joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
Davlat kreditining xarakterli xususiyati shundaki, davlat tomonidan olingan
qarz mablag’lar ishlab chiqarish fondlari aylanishida
yoki moddiy boyliklar
yaratishda ishtirok qilmaydi. Bu mablag’lar davlat qarzlarini qoplash uchun
ishlatiladi.
176
Davlat davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat
qimmatbaho qog’ozlarini
joylashtirish, davlat zaemlarini chiqarish va sotish yo’li
bilan banklarning aholining va boshqa moliya - kredit institutlarining pul
mablag’larini yig’adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga
(moliyalashtirishga) sarflaydi.
Shuni takidlash zarurki, o’tish davrida davlat
krediti faqatgina moliyaviy
resurslarni jalb qilish manbai sifatida emas, balki iqtisodni markazlashgan kredit
tizimi orqali tartibga solishning samarali vositasi sifatida ishlatilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: