Yana veksellarning o’rtoqlik, bronza veksel turlari mavjud.
Banknota - kredit pullarning etakchi vakillaridan bo’lib, Markaziy bank
tomonidan, veksellarni hisobga olish yo’li bilan chiqariladi.
O’tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo’lib, xohlagan vaqtda uni bankka
topshirib, o’rniga unda ko’rsatilgan summaga oltin
yoki kumush olish mumkin
bo’lgan.
Veksel banknotadan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: -veksel ma’lum
muddatni o’zida ifodalaydi (3-6 oy muddatga ega bo’lgan veksel), banknota ma’lum
muddat bilan chegaralanmaydi.
-veksel bo’yicha vekselni bergan tomon uni to’lashni kafolatlasa, banknotada uni
to’lashni davlat (davlat banki) kafolatlaydi. Banknota qog’oz pullardan qo’yidagilar
bilan farq qiladi.
-kelib chiqish bo’yicha - qog’oz pullar asosan muomala vositasi funktsiyasini
bajarish asosida, banknotalar to’lov vositasi funktsiyasi asosida kelib chiqqan:. -
almashinuvi bo’yicha, banknotalar oldin oltin va kumushga almashtirilgan, qog’oz
pullar esa metallarga hech qachon almashtirilmagan;
-emissiya qilinishi bo’yicha, qog’oz pullarning banknotalardan farqi bo’lgan (xazina
biletlarini Moliya
vazirligi, banknotalarni Markaziy bank chiqargan)va h. k
Yoozirgi zamon banknotalari, albatta, oltinga almashilmaydi. Lekin ular
quyidagi yo’llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi.
-xo’jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir
qismi
muomalaga kirib keladi.
-davlatni kreditlash. Ya’ni banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida
muomalaga chiqadi.
-aktiv to’lov balansiga ega bo’lgan davlatlarda rasmiy valyuta rezervlarning o’sishi
orqali va boshqalar.
Chek - veksel va banknotadan keyin paydo bo’lgan kredit vositasi hisoblanib,
to’lovchining o’z bankiga uning schyotidan mablag’ni oluvchining schyotiga o’tkazib
qo’yish to’g’risidagi buyrug’idir.
Birinchi cheklar taxminan 1683 yillarda Angliyada qo’llanila boshlagan.
13
Chekning quyidagi turlari mavjud.
-
ismi yozilgan chek - bu chek bir kishi nomiga yoziladi va uni boshqaga berish
mumkin emas.
-
orderli chek - bir kishi nomiga yozilgan va uni indossament bo’yicha boshqa
shaxsga berish mumkin.
-
ko’rsatilganda to’lanish lozim bo’lgan chek.
-hisob cheki - naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo’llaniladigan chek.
- aktseptlangan chek - bank chekni to’lash bo’yicha rozilik beradi va boshqalar.
Chek yordamida bankdan naqd pul olish mumkin u bilan to’lovlarni va boshqa
hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.
Yoozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari
elektron pullar va kredit
kartochkalardan foydalanilmoqda.
Banklar faoliyatida EYoM lardan foydalanish, elektron pullar yordamida
qarzlarni to’lashni tezlashtiradi. AQSh da pul mablag’larini elektron o’tkazish tizimi -
EFTS (Electronie Funds Transfeht Sustem) oborotning samarali bo’lishini
ta’minlamoqda.
Yoozirgi zamon amaliyotida qo’llanilayotgan kredit
kartochkalar naqd pullar
o’rniga hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo’lib, ular juda qulay va
afzalliklarga ega. Kredit kartochka bo’yicha barcha turdagi chakana savdo uchun va
xizmatlar uchun to’lash mumkin. Yoozirgi vaqtda kredit kartochkalarning bank,
savdo xizmatlarni to’lash uchun mo’ljallangan..
Dostları ilə paylaş: