Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Yüklə 1,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#167689
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

4. To’lovlilik tamoyili.
Bu tamoyil aylanma fondlarining doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to’lov resurslari summasini avanslashtirish 
zaruriyatidan kelib chiqadi.
Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun 
kreditorga foiz shaklida to’lovni o’tkazadilar. Kreditning to’lovligi uni to’liq 
summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi 
to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z 
hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi 
uchun muayyan to’lov talab qiladi. (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno).
Kreditning to’lovligi nafaqat banklar xo’jalik hisobi statusiga, shu bilan birga 
korxonalarni bevosita foydasi bilan bog’liq xo’jalik hisobiga rag’batlantiruvchi ta’sir 
ko’rsatadi.
Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi 
o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon 
bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini 
bajaruvchi bank foizi normasini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi:
huquqiy 
shaxslar 
foydasining 
va 
jismoniy 
shaxslar 
daromadining 
taqsimlanishi;
ishlab chiqarishni tartibga solish va ssuda kapitalining taqsimlanishi orqali 
tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyosda aylanishi;
iqtisodiyot rivojlanishining inqirozli bosqichida bank mijozlarining pul 
mablag’larini inflyatsiyadan himoyalash va boshqalar.
Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining 
berilgan kredit summasiga nisbati bilan aniqlanib, kredit resurslarining bahosi sifatida 
namoyon bo’ladi.
245 


Boshqa tovarlar bahosi belgilanishining ananaviy mexanizmidan farqli o’laroq 
kreditning bahosi, ssuda kapitali bozoridagi talab va taklifning nisbatini o’zida aks 
ettiradi va u bir qator omillarga bog’liq bo’ladi:
bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi ( inqiroz davrida ssuda foizi o’sadi va 
aksincha, yuksalish davrida esa pasayadi);
inflyatsiya jarayoni suratlari (amaliyotda ssuda foizining inflyatsiya o’sish 
sur’atlaridan orqada qolishi uchrashi mumkin);
tijoart banklarni kreditlash jarayonini amalga oshiruvchi Markaziy bank orqali 
davlat kreditini tartibga solishning samaradorligi;
xalqaro kredit bozoridagi holat (masalan, biror mamlakatda kredit bo’yicha 
foiz stavkasining oshishi shu mamlakatga chet el kapitalining oqib kelishiga olib 
keladi va bu milliy bozorlar holatiga tasir ko’rsatadi.);
jismoniy va huquqiy shaxslar pul jamg’armalarining dinamikasi (ularning 
hajmi qisqargan holda ssuda foizi o’sadi);
potentsial qarz oluvchilarning kredit resurslariga bo’lgan ehtiyojini aniqlab 
beruvchi ishlab chiqarish dinamikasi;
ishlab chiqarishning mavsumiyligi (chet el amaliyotida banklar mavsum 
davrida kreditlar bo’yicha foizlarni oshiradilar);
davlat tomonidan beriladigan kredit miqdori bilan davlatning ichki qarzlari 
o’rtasidagi nisbat (ssuda foizi ichki davlat qarzlari o’sishi bilan birga o’sibboradi).

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin