Toshkent moliya instituti “Sug’urta” fakulteti st-72 guruh talabasi Jabborov Ravshanbekning “Statistika” fanidan



Yüklə 342,34 Kb.
səhifə2/4
tarix16.09.2023
ölçüsü342,34 Kb.
#144366
1   2   3   4
5 Mavzu STATISTIK TASNIFLASH VA GURUHLASH METODI — Amaliy 07 09

Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Masalan, terilgan paxtani qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga, mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish.

Ma’lumotlarni jamlash-tashkil etilishiga qarab markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo‘linadi. Markazlashgan jamlashda kuzatishdan olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi, hamda qo‘yilgan maqsad va vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi. Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab joylarda (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik markazga - Davlat statistika organlariga yuboriladi.

2. Statistik guruhlashning mohiyati, vazifalari.

2. Statistik guruhlashning mohiyati, vazifalari.

Statistik guruhlash deb xodisa va jarayonlarni har tamonlama, chuqur o‘rganish uchun kuzatish to‘plami ma’lumotlarini muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratishdir.

Masalan korxonalarni mulkchilik asosiga ko‘ra davlat, jamoa, aksiyadorlik, qo‘shma, xususiy; korxonalar guruhlarga kattaligiga qarab (kichik, o‘rta va yirik); samaradorlik darajasiga qarab (yaxshi, o‘rta va qoloq) guruhlarga ajratish mumkin.

Ma’lumotlarni guruhlashda eng avvalo guruhlash belgisi va oralig‘i aniqlab olinadi. Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushiniladi. Guruhlash uchun asos qilib kuzatish oldiga maqsad va vazifa qilib qo‘yilgan xodisa va jarayonlarning mohiyatini to‘liq ifodalab beruvchi, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmunini yoritib bera oladigan belgilar olinadi.


Guruhlash statistik kuzatish natijasida to`plangan ma`lumotlarni keyinchalik qayta ishlash va turli statistik to`plamlarni hosil qilish zaminida yotadi. Tuzilgan har bir guruh (to`plam) uchun umumiy va o`rtacha ko`rsatkichlar hisoblanadi, ularni bir-biri bilan taqqoslab guruhlar orasidagi farqlarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi, turli belgilar orasidagi o`zaro bog`lanishlar tahlil qilinadi. Agarda to`plangan ma`lumotlarni jamg`arib umumiy ko`rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to`plamlarga tegishli bo`lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz.
Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma`lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta`minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma`lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy prinsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat.
Masalan, ekstentiv takror ishlab chiqarish sharoitida ishchilar soni korxona miqyosini belgilash uchun muhim belgi hisoblansa, intensiv sharoitda, ya`ni ilmiy-texnika jarayoni sharoitida u ikkilamchi bo`lib qoladi, chunki ishlab chiqarish miqyosi yangi texnika qo`llanishi, yuqori mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Agarda lalmikor yerlarda don ishlab chiqarish hajmi ekin maydonga asosan bog`liq bo`lsa, sug`orma yerlarda ekin maydonga ko`proq ishlov berib (o`z vaqtida sug`orish, o`g`itlar berish va h.k.) yuqori hosil olishga bog`liqdir. Shuning uchun fermer ho`jaliklari faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda lalmikor sharoitda don ishlab chiqaruvchi ho`jaliklarni ekin maydoni bo`yicha, sug`orma dalachilik sharoitida faoliyat qilayotgan ho`jaliklarni esa don hosildorligi (1 ga maydondan olingan hosil) bo`yicha guruhlash ayni muddaodir.

Yüklə 342,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin