“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2021 yil 431 6/2021 (№ 00056) http://iqtisodiyot.tsue.uz
o’zgartirilmagan asli saqlanib qolingan ulushi va obyektlarning har xilligini hisobga olish
zarur. Obyektlar har xil hajmlarga ega bo‘lgani bois, ularni shu belgi bo‘yicha tasniflash zarur.
Quyidagi toifalarni ajratish tavsiya qilinadi [10]: - me’moriy majmualar;
- alohida turgan me’morchilik obyektlari;
- kichik me’moriy shakllar;
- turmush, xo‘jalik va ijtimoiy hayot obyektlari.
-turistik biznes korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish ko‘rsatkichlari. Ushbu
ko‘rsatkichlar turistik xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilingan tashkilotlar o‘rtasidagi gorizontal
aloqalarning rivojlanganlik darajasini tavsiflaydi.
Tarixiy turistik obyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni turizm barqaror
rivojlanishining asosini belgilab beradi.
Turizm tizimli o‘rganish obyekti sifatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik qismlardan tashkil
topib, ko‘plab ichki va tashqi aloqalarga egadir.
Ijtimoiy sohaning bir qismi sifatida turizmning vazifasi inson hayotiy kuchini tiklash,
ruhiy bosimni yengillashtirish, intellekti va jismoniy darajasini rivojlantirishdir. Turizm
bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasida “bo‘sh vaqtda dam olish huquqi va haq to‘lanadigan ta’til
huquqi, hamda bu vaqtdan ta’limiy va ko‘ngil ochish maqsadida foydalanish uchun
sayohatga chiqish –ichki va xalqaro turizmning ne’matlaridir” deb ko‘rsatilgan [7] .
Iqtisodiy yondashuvda turizm o‘z ichiga tarixiy-madaniy, rekreatsion va boshqa
tashkilotlarning kompleks xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish, maqsadli investitsiyalar
kiritish faoliyatini qamrab oluvchi o‘ziga xos tarmoq sifatida belgilanadi. Iqtisodiy hodisa
sifatida turizm mintaqa iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida unga
bog‘liqligi nuqtai nazaridan jiddiy e’tiborga molikdir. Mamlaktimizda tarixiy-madaniy
turizmni rivojlantirish salohiyatini yuqoriligini e’tiborga olgan holda, iqtisodiy adabiyotlar
ma’lumotlar tahlili asosida [2,4,5,6,7] turizmning iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini
qayd etish mumkin:
- ish o‘rinlarini ko‘payishi hisobiga bandlik darajasini oshishi. Rivojlangan
mamlakatlarda turizm sohasiga 3-5% ish o‘rinlari to‘g‘ri keladi;
-turizm o‘z rivojlanishi jarayonida bilvosita boshqa tarmoqlarni ham rivojlanishiga
ta’sir ko‘rsatadi (qurilish, transport, yo‘l, oziq-ovqat savdo sanoati va boshqalar);
- turizm industriyasi yuqori o‘sish sur’atlariga ega, pandemiya inqirozi oldingi davrda
dunyo mamlaktlarida turizmdan tushadigan valyuta tushumlari har yili o‘rtacha 8-12%ga
o‘sgan;
- turizmning “ko‘paytiruvchi samarasi”, ya’ni turizmga sarflangan mablag‘larning
yuqori aylanuvchanlikka egaligi;
-milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlaydi”
- xorijiy sarmoyalar jalb etish va chet el valyutasida daromadni keltirishi;
- chet ellarda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy imijini yaxshilaydi;
- milliy parklar va qo‘riqxonalar vujudga kelishini va rivojlanishini rag’batlantiradi;
- san’at asarlari va urf-odatlar saqlanishiga xizmat qiladi va boshqalar.
Shuningdek, tarixiy-madaniy turizm rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ayrim salbiy
omillarni ham keltirish lozim. Xususan, tarixiy –madaniy obyektlarni saqlash, rekonstruksiya
qilish katta investitsiyalarni talab qiladi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar kapital
tanqisligidan kelib chiqib, ularni saqlab qolish uchun yetarlicha mablag‘ ajrata olmasligi