Umumiy uslubiy ko’rsatmalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr', PF-5847-son
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasi”, 2022-yil 28-yanvar 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan YangI
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni, 2017
yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-3151-son Qarori
hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va
ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol
ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-
sonli Qarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq va o‘quv rejalari dasturlarida
belgilangan hamda buxgalteriya hisobini chuqur o‘rgatishni nazarda tutgan holda
mazkur uslubiy qo’llanma ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda xisob tizimida olib borilayotga islohotlar
professional oʻz ishiga ijodiy yondasha oladigan, tashabbuskor, buxgalter kadrlarni
shakilantirishni taqazo etadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buхgаltеriya hisоbining o‘rni va ahamiyati,
buxgalteriya hisobi usullari va tamoyillari, hujjatlashtirish va inventarizasiya
mjarayonlarini tashkil etish, buxgalteriya hisobining xujjatlashtirish jarayonlari,
buxgalteriya balansi, pul mablag‘lari hisobi, mehnat va ish haqini hisobga olish,
tovar-moddiy zahiralar hisobi, investitsiyalar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar hisobi, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot
tannarxi hisobi, byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot va
uning sotilishini hisobga olish, xususiy kapital hisobi, moliyaviy natijalar hisobi,
hisobotlarni tuzish va taqdim etish, uning me'yoriy tartibga solinishi, daromadlar va
xarajatlarni hisobga olish, korxona foyda va zararlarini aniqlash kabi jarayonlarni
moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga mos hisob tizimini yuritish hozirgi kunda
4
buxgalteriya hisobining rivojlanish tendensiyasi ustuvor vazifalarida bir qator
masalalarini qamraydi.
Jumladan, talabalarning moliyaviy hisobot xalqaro standartlari, buxgalteriya
hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi kabi fanlarini chuqur o‘rganishi xo‘jalik
sub’yektlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va oqilona yuritish uchun zamin
bo‘lib xizmat qiladi.
Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi talabalari
davlat ta’lim standartlari talablari asosida yo’nalish fanlaridan kurs ishi
tayyorlashlari va himoya qilishlari ko’zda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalarida fan
yonalishlari bo’yicha kurs ishi yozish bitiruv malakaviy ishini bajarishdan oldingi
muhim bir tayyorlanish bosqichlaridan biridir. Kurs ishi yozishdan maqsad
quyidagilardan iborat:
– talabalarning buxgalteriya hisobi tizimini o’rganishi uchun me’yoriy-
huquqiy hujjatlar, ilmiy va o’quv adabiyotlarni izlab topishi, o’rganib chiqish hamda
ularni jamlab xulosa qilish;
– mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtirish;
– amaliy materiallarni iqtisodiy tahlil qilish va ularga ilmiy xulosa berish
borasidagi malakasini oshirish;
– kichik tadqiqotlar o’tkazish
– faktlar asosida to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganish;
– dolzarb mavzularga ta’lluqli yangiliklar, adabiyotlar va manbalardan
foydalanish;
– ilmiy malakaviy ishlarni yozishga tayyorlash.
Bakalavr mutaxassisligi talabalari fanlar bo’yicha egallagan bilim va
ko’nikmalarini, mavzular doirasida ularda shakllangan mustaqil fikr mulohazalarini
bildirish hamda tanlagan mavzusi bo’yicha nazariy jihatdan asoslangan xulosani
bayon etishi maqsadida kurs ishlarini yozishi va muvaffaqiyatli himoya qilishlari
belgilangan. Talabalar tomonidan kurs ishlarini yozish va muvaffaqiyatli himoya
qilish bu o’tilgan fanlardan egallagan bilim darajalarini namoyon etish shakllaridan
biri hisoblanib, kurs ishini yozish davomida talabalar o’zlari egallagan nazariy va
5
amaliy bilimlarini oshirish, tanlagan sohasi bo’yicha amaliyotda erishilayotgan
tajribalar bilan tanishish, shuningdek, bitiruv malakaviy ishlarini yozishga
tayyorgarlik ko’rish uchun dasturul amal bo’lib xizmat qilishi mumkin. Talaba
tomonidan kurs ishini yozish va maxsus belgilangan komissiya a’zolari oldida
himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
Dostları ilə paylaş: |