Bank mahsuloti – alohida ko’rinishdagi bank faoliyatining mijozlar talabini
qondirishga
qaratilgan,
o’zaro bog’liq bo’lgan bank xizmatlari va
operastiyalarining majmui.
Bizga ma’lumki mahsulot – bu faoliyat natijasidir. Shunday ekan mijozlar talabini
qondirishga yo’naltirilgan xizmatlar va operastiyalar natijasi bank mahsulotini
tashkil etadi.
To’lov tizimini ishlash samaradorligini oshirish uchun samarali to’lov
instrumentlaridan foydalanish zarur. O’zbekistonda to’lov instrumentlaridan, shu
jumladan, plastik kartochkani muomalaga kiritish nafaqat banklar darajasida, balki
davlat darajasida ko’rilmoqda. O’zbekiston bank tizimiga yangi texnologiya va
yangi mahsulotlarni kiritish bu – xizmat turini takomillashishigagina emas, balki
axborot bazasini unumli boshqarish, aholining o’sib borayotgan ehtiyojlarini
qondirishdan ham iboratdir.
Plastik kartochkalardan to’lov vositasi sifatida foydalanish g’oyasi 19-
asrning oxirida Angliyada paydo bo’lgan, xususan kredit kartochkalari
to’g’risidagi g’oyalarni Jeyms Bellami o’zining “Ortga nazar” (1880 y) kitobida
yoritgan.Amaliyotda esa kartochkalardan AQSh da birinchi bo’lib foydalanila
boshlangan.Dastlabki kredit kartochkalari 1914 yilda General Petroleum
Corporation of California (hozirda Mobil Oil) tomonidan chiqarilgan.
Plastik kartochka bu- umumlashtirilgan termin bo’lib, u hamma tur
kartochkalarini bajaradigan funkstiyalari, ularning biror bir belgilanishi, texnik
imkoniyatlarini umumlashtirgan bir holatdir. Hamma turdagi kartochkalarning
23
asosiy hususiyati shundaki, bunda alohida axborot jamlamasi va alohida yordamchi
dasturlardan foydalaniladi.
Plastik kartochkalar o’z xususiyatlari va funkstiyalariga qarab, quyidagi
turlarga bo’linadi(4-rasm).
Dostları ilə paylaş: |