59
Uslublarning asosiy afzalliklari va kamchiliklari
Tadqiqot va munozara metodining afzalliklari, kamchiliklari
Afzalliklari
Kamchiliklari
Talabani ob’ektiv va mustaqil fikr
yurituvchi
mutaxassis
sifatida
shakllanishiga yordam beradi.
Ma’lumotlar, dalillarga diqqat bilan
hisoblashib yondashishga o‘rgatadi.
Har qanday bilim nisbiy ekanligini
tushunishga yordam beradi.
Mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi.
Yuzaki qabul qilingan qarorlarga
ishonchsizlik
bilan
qarashni
tarbiyalaydi.
Yuqori
darajada
fikr
yuritishga
undaydi.
Muammolarni yechish uchun
ko‘nikma hosil qiladi.
Ko‘p vaqt talab qiladi.
Auditoriyada shovqin bo‘lib
ketishi mumkin.
O‘qituvchining
o‘zi
fikrlash
qobiliyatiga ega bo‘lishi talab qilinadi.
U muammolarni yechish va strategik
rejalashtirish mahoratini egallagan
bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi
faqat
«bilim
berib»gina qolmay, talabalarni mohirlik
bilan mantiqiy asoslangan xulosaga
kelishga yordam berishi kerakligi.
O‘qituvchi darsda qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan muammolarni strategik
rejalashtirish va ularni yechish yo‘llarini
o‘ylab qo‘yishi zarurligi.
Umuman olganda, ta’lim-tarbiyaning metodlari qotib qolgan emas. Vaqt
o‘tishi bilan ular o‘zgaradi. Talabalarni bilim olishi va olgan axborotini qayta
ishlashi uchun turli-tuman metodlarni o‘ylab topib, qo‘llash mumkin. Ayniqsa,
hozirgi paytda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun juda ko‘p sohalarga
bilishning turli usullarini qo‘llash va bilim berishda moslashuvchanlik, rang-
60
barang pedagogik metodlar qo‘llash talab etiladi. O‘qituvchilarni dars jarayonida
turli uslublarni, o‘quv topshiriqlarini qo‘llab, talabalarda bilim olishga ishtiyoq
uyg‘otishlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Talabalarning qobiliyatini, ularni
individualligini hisobga olgan holda turli metodlarni qo‘llash, albatta, o‘zlashtirish
natijasini ko‘taradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi-talabalarni barkamol,
chuqur bilim egasi, mustaqil fikrlaydigan inson bo‘lib shakllanishi faqat individual
xususiyatlariga bog‘liq emas. Ta’sir ko‘rsatadigan yana bir muhim omil, ta’lim
berish jarayonini tashkil etishdir. Ta’lim berish jarayonini tashkil etishda esa
o‘qitish shakllari va metodlari asosiy rol o‘ynaydi. Ayniqsa, ta’lim metodlarini
tanlash katta ahamiyatga ega. O‘quv metodlarini tanlashda esa uning
samaradorligini e’tiborga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: