O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Xarajatlar inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi xom-ashyo va energetik resurslarga bo`lgan xarajatlarning o`sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar va bajariladigan ishlarning narx-navosini o`sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xom-ashyo va energetik resurslarga bo`lgan dunyo narxlarini ko`tarilishi hamda xorijiy valyutaga nisbatan milliy valyuta kursini pasayishi xarajatlar inflyatsiyasining yuzaga chiqishini asosiy sabablari hisoblanadi. Xarajatlar inflyatsiyasida ma`lum bir mahsulotning narx-navosini o`sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar narx-navoni o`sishiga olib keladi. Masalan, neft` mahsulotlariga bo`lgan dune bahosinig o`sishi natijasida unga bevosita bog`liq mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlar narx-navosi o`sib ketadi. Xarajatlar inflyatsiyasi taklif inflyatsiyasiga o`xshash, lekin bu inflyatsiyada ba`zi xarajatlarning o`sishi aniq olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog`liq bo`lmagan holatlarda yuzagachiqishi mumkin.