Maktabgacha yoshdagi
bolalarning mehnat tarbiyasi
O’QITUVCHI: X.M.XO’JAMATOVA
“Mamlakatimizda amalga oshirayotgan
yangilanish va isloxatlardan asosiy maqsad
yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning
farovonligi, jahon hamjamiyatidan o’zimizga
mansub o’rin egallashdir”
SH.M.MIRZIYOEV
Reja:
1. Mehnat ta’limining vazifalari
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ish turlari
3. Mehnatni tashkil etish shakllari
4.
Maktabgacha yoshdagi bola mehnatda tarbiyalash shartlari
5. Mehnat ta’limi vositalari
Mehnat ta’limining vazifalari
Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush
kechirishi uchun hamisha asos bo‘lib kelgan va
shunday bo‘lib qoladi. Mehnat farovon, baxtli hayot
kechirishning eng asosiy sharti bo‘lganligi sababli ham
fuqarolar uchun majburiydir.
Mehnat odamlarning biror bir maqsad uchun
sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur
faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas.
Mehnat :
Mehnat bolalarning jismoniy, rivojlanishida zarur shartlardan biri
hisoblanadi. Mehnatda bola o‘zining ishlash, harakat qilish extiyojini
qondiradi, harakatlarning aniq, uyg‘un bo‘lishini ta'minlaydi.
Mehnat jarayonida bola organizmining umumiy hayotiy faoliyati,
uning chidamliligi ortadi.
Bolalarning turli xil mehnat jarayonlarida ishtirok etishlari, kattalar
mehnati bilan tanishishlari ularning tevarak-atrofdagi hayot haqida,
kishilarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida, narsalar va ularning
xususiyatlari, materiallarga ishlov berish usullari haqida, qurilmalar
va asboblar to‘g‘risida muayyan tasavvurlarga ega bo‘lishlariga
yordam beradi.
MEHNAT
Mehnat bolalardan diqqat, o‘tkir zehnlilik, topqirlik, bilib olgan
malaka va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llay bilish, ijodkorlik
qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar
ayrim ish turlarini (bir varaq qog‘ozni buklash, kerakli o‘zunlikni
o‘lchash, andazaga qarab shaklni qirqib olish kabi harakatlarni)
anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga,
bajarilgan ishdagi izchillikni so‘zlab berishga to‘g‘ri keladi. Bular bola
nutqini yangi so‘zlar bilan boyitadi, uning mantiqiy bog‘liq ravishda
grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanishiga imkon beradi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ish
turlari
Yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb
mavzu hisoblanadi. Mehnat har bir kishi kamolotida va umuman jamiyat
taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarni
jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tomondan tarbiyalashda mehnat
tarbiyasi muhim ahamiyatga ega
Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini
e'tiborga olib tashkil etiladi, unga to‘g‘ri rahbarlik qilingandagina yetarli
natijaga erishish mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnatining o‘ziga xos tomonlari
ko‘pgina olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o‘rganib
chiqilgan.
Mehnatni tashkil etish shakllari
1. Mehnat maqsad qo‘yish va uning natijasini belgilab
olishdan boshlanadi: maqsad – mehnat tasviri.
2. Mehnat qilishdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha kerakli
materiallarni tanlab (ajratib) olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab (ajratib)
olish.
4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.
4. Maktabgacha yoshdagi bola
mehnatda tarbiyalash shartlari
Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish
orqali ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali
mehnat bo‘lib, narsa va buyumlarni yaratishga
qaratilganligi, ular har bir kishi va butun xalq uchun zarur
ekanligi to‘g‘risida tushuncha berib boriladi. Masalan,
o‘simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish orqali ulardan
olinadigan mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda
ishlatilishi to‘g‘risida bilim va tushunchalar berib boriladi.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning
asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
-
har bir kishi mehnatining
ijtimoiy moxiyati;
- mehnat axli o‘rtasidagi
ijobiy o‘zaro yordam berish
munosabati;
- har qanday kasb ham
muxim ekanligini tushuntirish
.
Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy
qismlari bilan tanishtirish:
mehnatning maqsadi, uning ijtimoiy
ahamiyati;
materiallarni tanlash (mehnat materiallari);
jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur
bo‘lgan asboblarni tayyorlab olish);
mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun
bajariladigan mehnat harakatlari);
natija-mehnat mahsuli.
5. Xilma xil mehnat turlarining vujudga
kelishi
Mehnat qilish muntazam tarzda bo‘lib, unda hamma bolalar
ishtirok etsa va kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya
vositasiga aylanadi.
O‘z-o‘ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo‘lib, unda
bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga,
kiyinish va yechinishga, o‘yinchoqlarni yig‘ishtirib qo‘yishga
o‘rgatiladi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik,
ma'lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar
qo‘llaridan kelgan ishni o‘zlari bajarishga o‘rganadilar. O‘z-o‘ziga
xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish
uyg‘otadi, batartiblikka, intizomli bo‘lishga, xulq-odobga o‘rgatadi.
Etiboringiz uchun
raxmat
Dostları ilə paylaş: |