Toshkent shahar Sergeli tumani 277- idumning Biologiya fani o’qituvchisi Xolmurodova Ozoda



Yüklə 88,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix16.12.2023
ölçüsü88,41 Kb.
#181276
1   2   3   4   5   6   7
1675182286 Xolmurodova Ozoda 277-maktab Ochiq dars ishlanmasi-2023 (1)

Yangi mavzu bayoni .
Hayvonot olamidagi jinsiy farqlarning kelib chiqishi, jinsni 
aniqlash mexanizmi, jinslar o'rtasidagi nisbatlarni o'rganish biologiya uchun nazariy va 
amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Hayvonlar jinsi sun'iy yo'l bilan boshqarilganda 
edi, qishloq xo'jaligi uchun juda katta foyda keltirgan bo'lardi. 
Jins tuxum hujayra urug'langan dan keyin ma'lum bo'ladi. Ayrim jinsli orga-
nizmlarda (jumladan odamda ham) jinslar nisbati odatda 1:1 ni tashkil etadi. 
Тurli organizmlarda jinslar foizi 
№ 
Organizmlar turi 
Jins foiz hisobida 
♂ 
♀ 
1.
Оdam 
49 
51 
2.
Оt 
48 
52 
3.
Qoramol 
49 
51 
4.
Qo’y 
51 
49 
5.
It 
44 
56 
6.
Sichqon 
50 
50 
7.
Тovuq 
51 
49 
8.
O’rdak 
50 
50 
9.
Каptar 
50 
50 


Ko'pchilik ayrim jinsli organizmlarning erkak va urg'ochilarida xromosomalari 
bir xil emas. Ana shu tafovutlar bilan drozofiladagi xromosomalar soni misolida tanishib 
chiqaylik. 
Drozofilada xromosoma to'plami diploid holda 8 ta bo'ladi. Uch juft xromosomalari 
jihatidan olganda bu pashshalar jinslari bir-biridan farq qil-maydi. Lekin bir juft 
xususiga kelganda muhim tafovutlar mavjud. Urg'ochisida ikkita bir xil (juft) 
tayoqchasimon xromosomalar bor; erkagida bunday xromosoma faqat bitta, uning 
juftini ikki yelkali alohida bir xromosoma tashkil etadi. Erkaklari bilan urg'ochilaridan 
farq qilmaydigan, bir xildagi xromosomalar 
autosomalar 
deb ataladi. Erkaklari bilan 
urg'ochilarida bir-biridan farq qiladigan xromosomalari esa 
jinsiy xromosomalar 
deyiladi. Jins belgilanishining xromosoma mexanizmi odamda ham xuddi drozofila-dagi 
kabi bir xil. Odam xromosomalarining diploid soni — 46 ta. Shu songa 22 juft autosoma 
va 2 ta jinsiy xromosoma kiradi. Ayollarda jinsiy xromosomalar soni ikkita — X-
xromosomadan, erkaklarda — bitta X va bitta Y-xromosomadan iborat bo'ladi. Shunga 
ko'ra, erkaklarda ikki xil spermatozoidlar — X va Y-xromosomali spermatozoidlar hosil 
bo'ladi Ayrim jinsli ba'zi organizmlarda (masalan, ba'zi bir hasharotlarda) Y-xromosoma 
umuman bo'lmaydi. Bunday hollarda erkagining xromo-somalari bittaga yetishmaydi: 
X va Y-xromosomalar o'rnida bitta X-xromosoma bo'ladi. Bu hoa meyoz jarayonida 
erkak gametalar hosil bo'lib kelayotganida X-xromosoma kon'yugatsiya uchun sherigi 
bo'lmaydi va hujayralarning biriga o'tadi. Natijada barcha spermatozoidlarning yarmisi 
X-xromosomali, qolgan yarmisi esa undan mahrum bo'ladi. Tuxum hujayra X-
xromosomali spermiy bilan urug'lansa, ikkita — X-xromosomasi bo'ladigan to'plam 
yuzaga keladi va bunday tuxumdan urg'ochi organizm rivojlanib boradi. Tuxum hujayra 
X-xromosoma yo'q spermiy bilan urug'lansa, u holda bitta X-xromosomasi bo'lgan 
organizm bunyodga keladi, u erkak bo'lib chiqadi. 

Yüklə 88,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin