ТОШКЕНТ ШАҲРИДА БИНОЛАР ҚУРИЛИШИДА ДАРАХТЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ - Жамшид - 931209877
6. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ekilgan manzarali daraxt-buta koʼchatlarini “qorasovuq” urishidan himoya qilish boʼyicha amalga oshiriladigan muhim tadbirlar Kuz-qish mavsumida daraxt va butalarni sovuq urishi kamdan-kam kuzatiladigan holat. Chunki barcha daraxtlar tinim davriga oʼtib boʼlgan va tanasida suv miqdori juda kam darajada boʼladi. Shunga qaramasdan yangi ekilgan koʼchatlarda sovuqdan zararlanish holatlari kuzatiladi. Buning oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
1. Koʼchatlarning atrofini mulchalash – bunda koʼchatlar atrofi kamida 8-10 sm qalinlikda goʼng, chirindi, opilka, barg qoldiqlari, xashak va shunga oʼxshash narsalar bilan berkitiladi.
2. Qimmatbaho koʼchatlarning tanasini, kichik butalarni mato, klyonka yoki xashak bilan oʼrab qoʼyish kerak.
3. Boʼyi 1,5-3,0 metr boʼlgan ninabargli daraxt koʼchatlarini (archa, biota) kuz va erta bahordagi kuchli shamol va qor boʼronlaridan himoyalash maqsadida koʼchatlarni maxsus himoya ustunlar bilan mustahkamlash hamda qish mavsumida koʼchatlar shox-shabbasini toʼplangan qor uyumlaridan muntazam tozalab (qoqib tushirib) turish kerak.
4. Qisqa muddatli juda past harorat (– 20° –30°S) kuzatiladigan boʼlsa, daraxt va butalarni sovuq urushidan himoya qilishning yana bir usuli tutun hosil qilishdir. Bunda asosan kechki paytda eski xashaklar yonmaydigan nam holatda tutatib qoʼyiladi. Tutun havoni butunlay sovishiga imkon bermaydi.
5. Yosh daraxtlar va butalarni (ayniqsa, mojevennik va biota) qishki qorlardan himoyalash maqsadida, yaʼni qor bosib shox-shabbalari yoyilib qolishini oldini olish maqsadida dekabr oyi boshlarida ularning shox-shabbalari ip bilan bogʼlab chiqiladi, bahorda bogʼichlar olib tashlanadi.
6. Sugʼorish – daraxt va butalarni qishda sugʼorish (yaxob) ularning ildiz qismini 0°S da ushlab turishga imkon beradi, yaʼni muz past haroratdan himoya qiladi.
7. Oʼta noyob va qimmatbaho yumshoq iqlimli davlatlardan keltirilgan daraxtlarni
Krioprotektorlarni (sovuqdan himoyalovchi kimyoviy moddalar) qoʼllash - oʼsimliklarni havoning keskin pasayishidan himoyalaydi va sovuqqa chidamliligini oshirishga yordam beradi. Oʼsimliklarga taʼsir qilish nuqtai nazaridan ular ikki turga boʼlinadi: oʼsimlik xujayralariga kirib boradigan (glitserin va dimetilsulfoksid) va kirib bormaydigan (saxaroza, tregaloza, fikoll, albumin, polivinilpirrolidon). Ushbu preparatlar daraxt va butalarga purkaladi hamda 1 hafta davomida oʼz taʼsirini saqlab turadi.