Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Yuza  (fascia superficialis) va  chuqur



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Yuza 
(fascia superficialis) va 
chuqur 
(fascia profundus) fassiyalar 
tafovut qilinadi. Oyoqning Yuza fassiyasi gavdaning boshqa yerlaridagi Yuza 
fassiyalar kabi teri ostida joylashib, oyoqning barcha muskullarini teridan keyin o‘rab 
turadi. Sonning chuqur va serbar fassiyasi (fascia lata) qalin va pishiq bo‘lib, tepada 
dumba sohasida (fascia glutea), pastda son va boldirga o‘tib ketadi. 
Sonning serbar fassiyasi sonning lateral tomonida yanada qalinlashib, Yonbosh 
suyagi bilan sonning lateral ko‘st o‘sig‗i oralig‗ida taranglashadi va tractus iliotibialis 
qismini paydo qiladi. Son fassiyasining Yuza varag‗i sonning uchburchak (trigonum 
femorale) sohasida, Chov boylami ostida ovalsimon teshik yoki teri osti yirtig‗i 
(hiatus saphenus)ni hosil qiladi. Hiatus saphenusning Yoni o‘roqsimon qirrasiga 
margo falciformis deyiladi va tepa shoxi (cornu superius) Chov boylamiga birikadi, 
pastki shoxi (cornu inferius) sonning chuqur fassiyasiga o‘tib ketadi. Hiatus saphenus 
g‗alvirsimon plastinka (lamina cribrosa) bilan qoplangan bo‘lib, undan v. saphena 
magna o‘tib, son venasiga qo‘shiladi. Bundan tashqari, fossa ovalis da limfa 
tomirlari, teri osti yog‗ qatlami joylashadi. Fassiyaning chuqur varag‗i taroqsimon 
muskul, bel-Yonbosh muskullarini qoplaydi, unga Yonbosh-taroqsimon fassiya 
(fascia iliopectineus) deyiladi. Bu ikki muskulning joylashgan yeri bir oz chuqurroq 
(fossa iliopectinea) bo‘lib, u yerda son arteriyasi va venasi joylashadi. 
Son serbar fassiyasining medial va lateral tomonidan muskullararo to‘siq 
(septum intermusculare laterale et mediale) chiqib, son suyagining ikki tomoniga 
yopishadi. Shunday qilib, sonning serbar fassiyasi oldingi medial va orqa guruh 
muskullarini alohida-alohida qin hosil qilib o‘raydi. Medial tomondagi muskullararo 
to‘sig‗i (septum intermusculare mediale) sonning to‘rt boshli muskulini sonni 
yaqinlashtiruvchi muskullardan ajratsa, lateral tomondagi muskullararo to‘siq 
(septum intermusculare laterale) sonning to‘rt boshli muskulini orqa muskullardan 
ajratadi. 
Bundan tashqari, sonning hususiy fassiyasi har bir muskulni qin hosil qilib o‘rab 
turadi. Sonning keng fassiyasi sonning lateral tomonida qalinlashib, Yonbosh, katta 
boldir suyagi oralig‗ida taranglashadi. Bunga Yonbosh katta boldir yo‘li tractus 
iliotibialis deb ataladi. 
Sonning Yuza fassiyasi bilan chuqur fassiya oralig‗ida vena qon tomirlari va 
nerv tolalari joylashgan. 
Boldir fassiyasi sonning serbar fassiyasi davomi bo‘lib, boldir sohasida oldingi, 
orqa va lateral guruh muskullarini qin hosil qilib o‘raydi. 
Boldir fassiyasi (fascia cruris) katta boldir suyagining oldingi qirrasi bilan 
medial Yuzasining suyak ustki pardasiga yopishgan bo‘lib, oldingi lateral va orqa 
guruh muskullarini muskullararo to‘siq (septum intermusculare) lar orqali bir-biridan 


323 
ajratib, ularni mustahkam o‘rab turadi. Bundan tashqari, septum intermusculare 
anterius cruria kichik boldirning uzun va kalta muskullarini alohida qin hosil qilib 
o‘raydi. Orqadagi muskullararo to‘siq (septum intermusculare posterius cruris) esa 
boldirning orqa guruh muskullarini kichik boldir muskullaridan ajratib turadi. To‘piq 
sohasida qalinlashib, ko‘ndalang joylashgan old va orqa tasmani hosil qiladi. 
Tepadagi ushlagich tasmalar (retinaculum mm. extensorum superius) boldirning 
old guruh muskul paylarini ushlab turadi. Bu tasmadan pastroqda (oshiq-boldir 
Bo‗g‗imi ro‘parasida) yozuvchi muskullarning ikkinchi pastki tasmasi (retinaculum 
mm. extensorum inferius) joylashgan. Bu tasmalar o‘z navbatida muskul payi 
o‘tishiga moslashgan to‘rtta kanalchani hosil qiladi. Eng chekkada joylashgan keng 
kanalchadan m. extensor digitotum longus va m. peroneus tertius paylari o‘tadi. 
Ikkinchi kanaldan – m. extensor hallucis longus, uchinchi kanaldan (bosh barmoq 
tomonda) m. tibialis anterior o‘tadi. 
Muskul paylari sinovial qinlar (vagina synovialis) bilan o‘ralgan. To‘rtinchi 
kanal o‘rta kanalning orqasida joylashgan bo‘lib, undan a. et v. dorsales pedis n. 
peroneus profundus o‘tadi. Bundan tashqari, to‘piqlar orasida boldir fassiyasi 
qalinlashib, tasma hosil qiladi. Jumladan ichki to‘piq tasmasi (retinaculum mm. 
flexorum) ostidan m. flexor digitorum longus va m. flexor hallucis longus paylari 
to‘piqni aylanib o‘tadi. Bu kanal Yuzasida a. tibialis posterior va n. tibialis lar uchun 
maxsus kanal joylashgan. 
Tashqi to‘piq orqasida boldir fassiyasi qalinlashib, retinaculum mm. peroneorum 
superius et inferius ni hosil qiladi, undan mm. peronei longus et brevis paylar o‘tadi. 
Ushbu tasmalar ostidan oyoq panjalariga boruvchi muskul paylari qinlarga o‘ralgan 
bo‘ladi. Bu pay-qinlar muskul paylarini ishqalanishdan saqlab turadi. Oyoq panjasi 
ustidan fassiya (fascia dorsalis pedis) juda Yupqa bo‘lib joylashadi, ostki (kaft) 
sohasida esa qalinlashib, kaft aponevrozi (aponeurosis plantaris) ni hosil qiladi. Bu 
aponevroz orqadan m. flexor digitorum brevis ga yopishsa, old tomonda bo‘linib, 
beshta barmoqqa boradi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin