119
interossei plantaris va ustki Yuzasidagi mushaklar m. interossei dorsales guruhlariga
ajraladi.
Takim chukurchasi - fossa poplitea
Takim chukurchasi - fossa poplitea romb shaklida tuzilgan hosila bulib
xisoblanadi. Bu chukurchaning Yuqori uchi lateral tarafdan m. biceps femoris, medial
tarafdan esa m. semimembranosus va m. semitendinosus lar bilan chegaralangan.
Chukurchaning pastki uchi esa m. gastrocnemius mushagining boshchalari xisobiga
hosil buladi. Taki chukurchasida limfa tugunlar, utirgich nervi, takim arteriyasi va
venalari joylashadi.
Takim chukurchasining ostki uchidan - takim-boldir kanali - canalis
cruropopliteus boshlanadi. Bu kanal m. tibialis posterior (oldingi devori) va m. soleus
(orka devori) orasida hosil buladi. Bu kanalda n. tibialis, a. v. tibialis posteriores lar
joylashadi. Takim-boldir kanalining ustki soxasidan canalis musculoperoneus
superior boshlanadi. Bu kanal kichik boldir suyagi fibula v m. peroneus longus lar
orasida joylashadi va kichik boldirning Yuzak nervi n. peroneus superficialis utadi.
Takim-boldir kanalining pastki qismidan canalis musculoperoneus inferior
boshlanadi. Bu kanal kichik boldir suyagi fibulae v m. flexor hallucis longus va m.
tibialis posterior lar orasida joylashadi. Bu kanaldan a. peronea utadi. Oyok
panjasining kaft Yuzasida sulcus plantaris medialis v sulcus plantaris lateralis egatlari
joylashadi. Medial egat m. flexor digitorum brevis va m. abductor hallucis
mushaklari orasid joylashadi. Lateral egat esa m. flexor digitorum brevis va m.
abductor digiti minimi mushaklari orasida joylashadi.
Dostları ilə paylaş: