469
va umurtqa vena chigali – v. lumbales ascendens (belning ko‘tariluvchi venasi) bilan
qo‘shiladi.
II. D i a f r a g m a n i n g p a s t k i v e n a l a r i (vv. phrenicae inferiores) pastki
Yuzasidan boshlanib, v. cava inferior ga qo‘shiladi.
Visseral joylashgan venalar:
I. M o y a k v e n a l a r i (vv. testiculares) moyaklardan, ayollarda (vv. ovaricae)
tuxumdonlardan boshlanib, shu nomli arteriyani o‘rab, vena chigalini hosil qiladi.
O‘ng moyak venasi pastki kavak venaga quyilsa, chap moyak venasi Yuqoriga
ko‘tarilib, buyrak venasiga qo‘shiladi. Bu holat
qon oqishini qiyinlashtirib, moyak
venasining kengayishi (shishishi)ga sabab bo‘ladi.
II. B u y r a k v e n a l a r i (v. renalis dextra et sinistra) shu nomli arteriyalarning
old tomonida v.cava inferior ga qo‘shiladi. Chap tomondagi buyrak venasi uzunroq
bo‘lib, aortaning old tomonidan o‘tib, pastki kavak venaga quyiladi.
III. B u y r a k u s t i b e z i v e n a s i (v. suprarenalis dextra et sinistra) buyrak
usti bezidan boshlanib, o‘ng tomonda pastki kavak venaga quyilsa,
chap tomonda
buyrak venasiga qo‘shiladi.
IV. J i g a r v e n a l a r i (vv. hepaticae) jigar bag‗ridagi vena qonlari
vv.hepaticae orqali pastki kavak venaga quyiladi.
QOPQA VENA SISTEMASI
Jigar qopqa venasi (v. portae) qorin bo‘shlig‗idagi hamma toq a‘zolar (jigardan
tashqari) venalarining yig‗indisidan hosil bo‘ladi. Jumladan, ichaktutqichning Yuqori
(v. mesenterica superior) va pastki (v.mesenterica inferior) venalari taloq (v. lienalis)
venalarining bir-biri bilan me‘da osti bezi boshining orqa tomonida qo‘shilishidan
paydo bo‘ladi. So‘ngra bu vena Yuqoriga ko‘tarilib, qorin pardasidan hosil bo‘lgan
jigar, o‘n ikki barmoq ichak boylami orasiga kirib, jigar arteriyasi va umumiy o‘t
yo‘li bilan birga joylashadi. Jigar darvozasiga borganda qopqa vena ikkita shoxga
bo‘linadi. Bular jigarning o‘ng va chap bo‘laklari parenximasiga kirib,
xuddi
arteriyalar kabi bo‘laklararo (vv. interlobularis) tomirlarga bo‘linadi. Bu venalar
hujayralararo sinusoid kapillarlar orqali qondagi organizm uchun zararli bo‘lgan
moddalar jigar hujayralarida tozalangandan so‘ng, markaziy vena (v. centralis)ga
o‘tadi. Markaziy venalar pirovardida 3–4 ta jigar venalari (vv.hepatici) ni hosil qiladi
va pastki kavak venaga quyiladi.
Qopqa venani hosil qilishda qatnashgan venalar quyidagicha hosil bo‘ladi:
1. I ch a k t u t q i ch n i n g y u q o r i v e n a s i (v.mesenterica superior) qorin
bo‘shig‗idagi toq a‘zolar, ya‘ni och ichak (vv. jejunales), Yonbosh ichak (v. iliales)
va yo‘g‗on ichakning o‘ng yarmi, ko‘richak, ko‘tariluvchi chambar ichak, ko‘ndalang
chambar ichakning o‘ng yarmi (v. colica dextra, v. colica media), me‘da (v.
gastroepiploica dextra), o‘n ikki barmoq ichak (v. duodenalis) va me‘da osti bezi (vv.
pancreaticae) dan qon olib keluvchi venalardan tuzilib, nihoyat, qopqa venani hosil
qilishda qatnashadi.
470
Qopqa vena sistemasi.
1 – V.cava inferior; 2 – Vv.hepaticae; 3 – Hepar; 4 – Jigar vena kapillarlari; 5 – Ramus dexter
v.portae; 6 – V.portae; 7 – V.gastroepiploica dextra; 8 – V.pancreaduodenalis; 9 – Duodenum; 10 –
Pancreas; 11 – V.colica media bilan v.colica dextra ning anastomozi; 12 – V.pancreaticoduodenalis;
13 – V.colica media; 14 – V.
renalis dextra; 15 – V.mesenterica inferior; 16 – V. mesenterica
superior; 17 – Ren dexter; 18 – Colon ascendens; 19 – V.colica dextra; 20 – V. cava inferior; 21 –
Vv.jejunales et ilei; 22 – V. iliocolica; 23 – V.iliaca communis dextra; 24 – lleum; 25 –
V.appendicularis; 26 – Caecum; 27 –
Appendix vermiformis; 28 – Vv.rectales mediae; 29 –
Rectum; 30 – Pexus venosus rectalis; 31 – Vv.rectales inferiores; 32 – Vv.rectales mediae; 33 –
V.iliaca interna; 34 – V.iliaca externa; 35 – Colon sigmoideum; 36 – V.rectalis superior; 37 –
Vv.sigmoideae; 38 – V.colica sinistra bilan v.sigmoidea anastomozi; 39 – Intestinum tenue; 40 –
Colon descendens; 41 – V.mesenterica inferior; 42 – V.colica sinistra; 43 – Jejunum; 44 – V.colica
media bilan v. colica sinistra anastomozi; 45 – V.renalis sinistra; 46 –
Ren sinister; 47 –
Vv.omentales; 48 – V.gastroepiploica sinistra; 49 – Vv.gastricae; 50 – V.lienalis; 51 – Vv.gastricae
breves; 52 – Lien; 53 – V.gastrica sinistra bilan v.gastrica dextra anastomozi; 54 – Ventriculus; 55 –
V.gastrica dextra; 56 – V.gastrica sinistra; 57 – Ramus sinister v.portae; 58 – Vv.esophageae; 59 –
Esophagus.
2. I ch a k t u t q i ch n i n g p a s t k i v e n a s i (v. mesenterica inferior) yo‘g‗on
ichakning chap yarmi, ko‘ndalang chambar ichakning chap yarmi, pastga tushuvchi
chambar ichak (v. colica sinistra), sigmasimon ichak (v. sigmoideae) va to‘g‗ri
ichakning Yuqori qismidagi vena chigali (plexus venosus rectalis)dan boruvchi
venalar yig‗indisidan hosil bo‘ladi va Yuqoriga ko‘tarilib, u ham qopqa venani hosil
qilishda qatnashadi.
3. T a l o q v e n a s i (v. lienalis) taloqdan, qisman me‘da (vv. gastricae breves),
me‘da osti bezi (vv. pancreaticae), katta charvi (v. gastroepiploica sinistra), o‘n ikki
barmoq ichakdan qon yig‗ib, ichak tutqichning Yuqori venasi bilan qo‘shiladi va
qopqa venani hosil qilishda qatnashadi.
4. Qopqa venaga vv. paraumbilicales, vv. gastrica
dextra et sinistra lar ham
qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: